Tesla futuristik va «o‘q o‘tmas» Cybertruck elektrik pikapini namoyish etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1407
  •  22.11.2019 17:40

Tesla futuristik va «o‘q o‘tmas» Cybertruck elektrik pikapini namoyish etdi (+video)

Elektrokarlari bilan mashhur bo‘lgan Tesla kompaniyasi bugun Los-Anjeles shahrida tadbir o‘tkazdi. Ilon Mask unda elektrlashtirilgan Cybertruck pikapini taqdim etdi.

O‘QING: Tesla elektromobili haydovchini tiriklay yondirib yubordi

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Cybertruck olti nafar katta yoshli yo‘lovchini sig‘diradi. Uning kuzovi o‘ta mustahkam zanglamas po‘latdan ishlangan.

Ilon Mask sahnada turib, elektropikap mustahkamligini namoyish qilishga jiddiy kirishdi. U kompaniyaning dizayn bo‘yicha boshlig‘i Frans fon Xolsxauzenni chaqirib, mashinaning kuzoviga katta bolg‘a – kuvalda bilan bir necha marta urishga majbur qildi. Chindan ham Cybertruck’ka hech narsa bo‘lmaganini ko‘rsatib, Mask uni «o‘q o‘tmas» deya maqtandi.

Biroq Xolsxauzen pikapning oynalari ham mustahkam ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lganida ish chappasiga ketdi. Oynaga yuqoridan tashlangan metall shar uni sindirib yubordi. Shunda u buni hazilga yo‘yib, kelajakda mazkur nuqsonni bartaraf etishlarini aytdi.

O‘QING: «Bu senga Toshkent emas»: Rekordni rasman qayd etmoqchi bo‘lgan Tesla Model S poyga trassasida ishdan chiqdi!

Shuningdek, Tesla rahbari mazkur elektromobilning arqon bog‘lab tortishishda Ford F150 modelini, qisqa masofali poygada Porsche 911 avtomobilini yenggani videosini ham ko‘rsatdi.

Cybertruck uch xil versiyada chiqadi, ularning konfiguratsiyalari va narxlari quyidagicha:

  1. Orqa uzatmali, bitta dvigatelli, bitta quvvatda 400 km yuruvchi, tezligi 0 dan to 100 km/soatgacha 6,5 soniyada chiquvchi versiyasi – 39 900 dollar.
  2. To‘liq uzatmali, qo‘sh dvigatelli, bitta quvvatda 480 km yuruvchi, tezligi 0 dan to 100 km/soatgacha 4,5 soniyada chiquvchi versiyasi – 49 900 dollar.
  3. To‘liq uzatmali, uchta dvigatelli, bitta quvvatda 800 km yuruvchi, tezligi 0 dan to 100 km/soatgacha 2,9 soniyada chiquvchi versiyasi – 69 900 dollar.

Tesla mazkur elektropikapi uchun allaqachon oldindan buyurtma ola boshladi, ulardan ikkita versiyasi kelasi yil, uchinchisi esa 2022 yilning oxirida seriyali ishlab chiqarila boshlaydi.

O‘QING: O‘QING: Otabek Umarov haydaydigan "Tesla" qanday avtomobil?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.