Tesla rahbari Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi!

  •   DiMaX
  •  4923
  •  09.09.2020 12:56

Tesla rahbari Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi!

SpaceX kompaniyasining asoschisi, Tesla bosh direktori Ilon Mask o‘tgan bir kecha-kunduzda $16,5 mlrd yo‘qotib, sayyoramizning eng boy odamlari reytingida sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. Bu haqda milliarderlarning real vaqt tartibida mol-mulkini baholovchi «Forbes Real-Time»ning 9 sentyabr kungi reytingi ma’lumotlari dalolat bermoqda, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Starlink fazoviy internetining tezligi ancha oshdi

Kuni kecha savdoda Tesla aksiyalari qiymatining beshdan bir qismini yo‘qotdi. Nyu-York fond birjasi yopilishida ular 21,06% — $330,21 ga arzonlashgan.

Tahlilchilarning fikricha, ishlab chiqaruvchi aksiyalari qiymatining pasayishi asossiz keskin ko‘tarilish bilan bog‘liq «pufak»ning shakllanishi hamda o‘tgan hafta Tesla’ning S&P 500 keng bozori indeksiga tushmaganligi ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, 8 sentyabr kuni Nikola va GM kompaniyalari Badger elektr yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun birlashganini e’lon qilishdi. U Tesla’ga qarashli Cybertruck elektropikapining to‘g‘ridan-to‘g‘ri potensial raqobatchisi hisoblanadi.

Forbes talqiniga ko‘ra, seshanba kuni Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 68 mlrd dollar bilan yettinchi pog‘onani egallagandi. Endi uning mol-mulki taxminan 36 mlrd dollarga baholanmoqda.

O‘QING: Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!