Tez uxlab qolib, tiniqib uyg‘onishga yordam beruvchi «aqlli» bilaguzuk (+video)

  •   DiMaX
  •  779
  •  21.09.2018 16:35

Tez uxlab qolib, tiniqib uyg‘onishga yordam beruvchi «aqlli» bilaguzuk (+video)

Uyqusizlikdan azob chekayotganlar, turli sabablarga ko‘ra uxlashga qiynaluvchilarga yordam berish uchun nimalar o‘ylab topilmagan, deysiz. An’anaviy uyqu dorilariyu tinchlantiruvchi ichimliklardan tortib, zamonaviy smartfon ilovalariyu maxsus gadjetlargacha...

O‘QING: Xurrakdan saqlovchi va to‘yib uxlashga yordam beruvchi «aqlli» quloqchin taqdim etildi (+video)

Nyu-Yorklik tadqiqotchilar esa bu borada o‘zlarining yangi ixtirolarini taklif etishayotir. Bu – DreamOn deb nomlanuvchi «aqlli» bilaguzuk bo‘lib, past chastotali tebrashish (vibratsiya)lar yordamida inson tanasini tabiiy sokinlik holatiga keltiradi.

Gap shundaki, asab tizimining har bir holati uning bosh miyasidagi o‘ziga xos tebranishlar yoki ritmlarga mosdir. DreamOn esa aynan chuqur uyqu holatidagi kabi to‘lqinlar chiqaradi. Shu bilan u asab tizimini tinchlanishga va dam olish rejimiga o‘tishga undaydi. Shu tufayli kishi tezroq uyquga ketadi va yaxshi dam olganicha, tiniqib uyg‘onadi.

Miya signallariga o‘xshash to‘lqinlardan foydalanishi bilan DreamOn brasleti uyqu dorilaridan hamda tovushli yoki nurli signallar orqali uxlatuvchi gadjetlardan farq qiladi. Yangi devays kishini organizmning tabiiy uyquga ketish holatiga juda yaqin tarzda uxlatadi.

O‘QING: IFA 2018: «aqlli» budilnik sizni yoqimli ovoz, mayin yorug‘lik va xushbo‘y hid bilan uyg‘otadi

DreamOn uchun maxsus mobil ilova ham ishlab chiqilgan, u foydalanuvchining uyqusi haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi va meditatsiya mashqlari uchun turli maslahatlar beradi.

Mana, ushbu «aqlli» bilaguzuk haqidagi videolavhani tomosha qiling:

Vazni atigi 57 gramm keluvchi DreamOn akkumulyatori bitta to‘ldirilganida, quvvati 10 kungacha yetadi. Mazkur smart-bilaguzuk ayni damda Indiegogo platformasida savdoga qo‘yilgan bo‘lib, narxi 100 AQSh dollariga teng. Buyurtmachilarga uni yetkazib berish esa 2019 yilning yanvaridan boshlanadi.

O‘QING: Android-qurilmalar uchun eng ishonchli beshta budilnik

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!