The Game Awards marosimida ikkita sohibjamol jangchi ham ishtirok etadi

  •   DiMaX
  •  1043
  •  04.12.2020 12:44

The Game Awards marosimida ikkita sohibjamol jangchi ham ishtirok etadi

Bu yil yettinchi bor o‘tkazilayotgan The Game Awards 2020 taqdirlash marosimi nomzodlar ro‘yxatini yaqinda e’lon qilgan edik. Uning tashkilotchilari ommabop o‘yinlar va filmlar qahramonlari bo‘lgan ikki aktrisani ham tantanaga taklif etishibdi.

O‘QING: Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)

Ulardan biri «Mo‘’jiza-ayol» o‘yini va shu nomdagi kino bosh qahramoni Gal Gadot bo‘lsa, ikkinchisi geymerlarga «Kapitan Marvel» orqali tanish bo‘lgan Bri Larson hisoblanadi. Ular o‘yin industriyasidagi tantanali taqdirlash marosimida go‘yoki DC hamda Marvel lagerlarining vakilalari sifatida qatnashadilar.

Aktrisalar ekranlashtirilayotgan Uncharted’da bosh rol ijrochisi bo‘lgan Tom Xollandga sheriklik qilishadi. Mazkur artist ushbu shouda nominatsiyalardan birini taqdim etadi.

The Game Awards 2020 tadbiri 11 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan 05:00 da boshlanadi.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!