TikTok’ning navbatdagi yurishi: u «Yevro-2020»ning rasmiy hamkoriga aylandi

  •   DiMaX
  •  336
  •  13.02.2021 13:24

TikTok’ning navbatdagi yurishi: u «Yevro-2020»ning rasmiy hamkoriga aylandi

Garchi AQSh hukumati tomonidan cheklovlarga uchragan, ko‘p joylarda tanqid qilinayotgan, bir mamlakatda manguga bloklangan bo‘lsa-da, TikTok platformasi kengayishda davom etmoqda. Yaqinda uning ilovasi smart-televizorlarda ham ishlaydigan bo‘lgan.

O‘QING: Universitetda TikTok fakulteti ochilishi mumkin!

TikTok video xizmati endi UYeFA bilan hamkorlik boshlanganligini e’lon qildi. Bu haqda sports.ru nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, UYeFA TikTok'da rasmiy akkauntini ishga tushiradi.

«Biz eng mashhur ko‘ngilochar mobil platformalaridan biriga aylangan kompaniya bilan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz», deydi UYeFA marketing bo‘yicha direktori Gi-Loran Epshteyn.

Kelgusida barcha UYeFA yangiliklari TikTok platformasi orqali sport muxlislari e’tiboriga havola etiladi.

O‘QING: Samarqandda ikki yigit TikTok’da layk yig‘ish uchun o‘zini tomdan tashladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!