Tim Kuk chindan ham Donald Tramp sababli o‘z familiyasini o‘zgartirdi! Boshqalar ham...

  •   DiMaX
  •  1354
  •  09.03.2019 13:40

Tim Kuk chindan ham Donald Tramp sababli o‘z familiyasini o‘zgartirdi! Boshqalar ham...

AQSh prezidenti Donald Tramp kuni kecha yig‘ilishda Apple direktorining familiyasini noto‘g‘ri aytib yuborgani haqida yozgandik. Tim Kuk o‘shanda bunga jiddiy e’tibor bermagan, ammo keyinchalik bu adashuvdan o‘z kompaniyasini yanada ommalashtirish yo‘lida foydalandi.

O‘QING: Apple rahbariga Donald Tramp «yangi familiya tayinladi»! (+«jonli» video)

Xullasi kalom, kupertinolik korporatsiya rahbari keyin Twitter’da o‘z familiyasini o‘zgartirib, «Kuk» so‘zi o‘rniga Apple logotipini qo‘yib qo‘ygan. Ammo bu belgicha faqat macOS hamda iOS tizimli qurilmalardagina ko‘rinadi.

Shu bilan birga, internet foydalanuvchilari bu masala bo‘yicha bir nechta kulgili memlar tayyorlashgan. Masalan, mana bunda olma navlari qatorida «Tim Olma» ham ko‘rsatilgan:

Mana bunisida esa mashhur kompaniyalar rahbarlarining familiyalari tegishli brendlar nomiga o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin:

Aytish kerakki, AQSh prezidenti Apple bilan bog‘liq shu kabi vaziyatlarga ko‘p tushib qolmoqda.

O‘QING: Tramp yonidagi Apple rahbarining yuz ifodasi qizg‘in muhokama qilinmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!