«To‘rt ko‘zli» Huawei Mate 20 Lite rasman namoyish etilmay turib savdoga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1538
  •  28.08.2018 10:16

«To‘rt ko‘zli» Huawei Mate 20 Lite rasman namoyish etilmay turib savdoga chiqdi!

Uchinchi raqamli smartfonsoz o‘zining Huawei Mate 20 Lite smartfoni taqdimotini o‘tkazganicha yo‘q. Ammo allaqachon Yevropaning ayrim do‘konlarida uning uchun oldindan buyurtmalar olina boshlagan.

O‘QING: Endi do‘kon rastalariga: Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro sertifikatsiyadan o‘tdi

Ma’lumotlarga qaraganda, Huawei Mate 20 Lite modeli Polsha va Germaniya do‘konlarining rastalariga 9 sentyabrdan chiqadi. Germaniyada hozirdanoq bu smartfon 435 yevro evaziga taklif etilmoqda. Polshada esa u ancha arzon – Huawei AH100 «aqlli» tarozisi bilan jamlanma holida 370 yevro turadi. Sotuvga moviy va qora ranglardagi smartfon qo‘yilgan.

Bu – Huawei smartfonining taqdimotdan avval Polshada savdoga chiqarilishi bo‘yicha yagona holat emas. Masalan, avvalroq Huawei P20 Lite modelida ham shunaqa bo‘lgandi.

O‘QING: Huawei P20 Lite: "Malika"dagi bestseller 10 foizga arzonlashdi!

Huawei Mate 20 Lite modeli diagonaliga 6,3 dyuymlik, yuqori qismi «kemtik»li ekran bilan ta’minlangan, displeyining tasvir aniqligi 2340x1080 pikselga teng. Uning har ikkala kamerasi ham qo‘shaloq: 20+2 megapiksellik asosiy va 24+2 megapiksellik selfi-kameraga ega. Smartfonning texnik ta’minoti asosini yakka kristalli Kirin 710 protsessori va 6 gigabaytlik tezkor xotira tashkil etadi. Uning doimiy xotirasi hajmi 64 gigabaytga, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 3650 mA/soatga teng.

Xitoylik texnogigant Mate 20 Lite smartfonini kelasi haftada – IFA 2018 ko‘rgazmasida rasman namoyish etmoqchi. Uning Mate 20 va Mate 20 Pro flagmanlari taqdimoti esa keyinroq – shu yilning oktyabrida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Eng romsiz va «uchta ko‘zli» Mate 20 Pro «jonli» suratda: u Vivo NEX va Mi Mix 3’ni «changida qoldiradi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!