Toshkentda qoidabuzarliklarni qayd etuvchi yangi uskuna ishga tushdi

  •   DiMaX
  •  983
  •  27.03.2019 16:40

Toshkentda qoidabuzarliklarni qayd etuvchi yangi uskuna ishga tushdi

Ko‘pincha atrofda YPX xodimlari ko‘rinmasa, «To‘xtash mumkin emas» belgilari ostida mashinani qoldirib ketishdan qo‘rqmaymiz. Go‘yoki yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bo‘lmagan joyda qoida buzish mumkindek. Endilikda bu kabi qoidabuzarliklarga ham chora ko‘riladigan bo‘ldi, deb yozadi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

O‘QING: Kamera qayd etgan qoidabuzarlikni tekshirish sayti ishga tushdi

Toshkent shahar IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmatchilari avtomobillarini yangi AutoCon-SC/M uskunasi bilan jihozladi. Bu uskuna yordamida mashinaning o‘zida («To‘xtash mumkin emas») 3.27 belgisi ostida qoldirgan ulovlarni avtomatik ravishda qayd etish mumkin.

Ushbu uskuna «To‘xtash mumkin emas» 3.27 taqiqlangan belgisi ostida qoldirilgan avtomobillarni qayd etib, onlayn tizimda ma’lumotlarni markaziy kompyuter sistemasiga yuboradi. Bu kabi uskunalar bir qancha YPX xodimlari avtomobillarining old oynasiga o‘rnatilgan.

Uskuna 58 ta davlat avtomobillari raqamini taniydi va inson ishtirokisiz qoidabuzarlikni aniqlaydi. Qoidabuzarlik haqida ma’lumot markazga yuborilgach, jarima to‘lanmaguncha avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda uni sotish, hadya qilishga cheklovlar o‘rnatiladi. Yangi uskuna test rejimida 25 mart sanasidan ishlay boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 3.27 («To‘xtash mumkin emas») belgisiga rioya qilmaslik 608 190 so‘m jarima bilan jazolanadi.

O‘QING: Kosonda ovozli piyodalar yo‘lakchasi qurildi