Tramp shart qo‘ydi: «TikTok'ni 45 kun ichida Amerika kompaniyasiga sotishlari kerak!»

  •   DiMaX
  •  874
  •  04.08.2020 13:30

Tramp shart qo‘ydi: «TikTok'ni 45 kun ichida Amerika kompaniyasiga sotishlari kerak!»

Kechagina Microsoft korporatsiyasi TikTok servisining Amerika bo‘linmasini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani haqida yozgandik. Lekin Donald Tramp tahdidi sababli bu muzokaralar to‘xtatib qo‘yilgan.

O‘QING: TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

AQSh prezidenti endi ByteDance internet-kompaniyasiga TikTok qisqa videolarini yaratish va tomosha qilish xizmatini 15 sentyabrgacha sotishi shartini qo‘ydi. Janob Tramp Oq uydagi jurnalistlarga, agar Microsoft yoki boshqa bir kompaniya uni sotib olmasa, TikTok «ketadi», deb aytdi.

«Biz taxminan 15 sentyabr sanasini belgilab qo‘ydik, bu vaqtda TikTok AQShda ishlashni to‘xtatadi. Ammo kimdir, Microsoft yoki boshqa kimdir uni sotib olsa, bu qiziq bo‘ladi», – dedi prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy kompaniyasi Microsoft bilan mumkin bo‘lgan bitimni muhokama qilgan. Prezident undan ma’lum ulushni emas, balki butun dasturni sotib olishga chaqirdi. Bundan tashqari, Tramp sotishdan tushgan daromadning bir qismi AQSh Moliya vazirligiga borishi kerakligini ta’kidlaydi.

Avvalroq, AQSh prezidenti TikTok'ni Xitoy xizmati ekanligi sababli taqiqlashi mumkinligini aytgan edi. Yakshanba kuni Microsoft Tramp bilan maslahatlashgandan so‘ng dasturni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishini tasdiqlagan.

O‘QING: Apple’ning «aqlli» yordamchisi Donald Trampni butun dunyoga sharmanda qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!