Tugmachasiz va tirqishsiz ilk smartfon – Meizu Zero sotuvga chiqdi, narxi esa qo‘rqqulik!

  •   DiMaX
  •  2897
  •  31.01.2019 12:25

Tugmachasiz va tirqishsiz ilk smartfon – Meizu Zero sotuvga chiqdi, narxi esa qo‘rqqulik!

Vivo umuman birorta ham porti va tugmachasi bo‘lmagan smartfon tayyorlaganini aytib, uning taqdimotiga tayyorlanayotgan edi. Ammo kutilmaganda Meizu ham otni qamchilab qoldi – hamyurtidan avval xuddi shunday qurilmasini rasman namoyish etdi!

O‘QING: Meizu Zero rasman namoyish qilindi – hech qanaqa tugmacha, dinamik, SIM-karta uyachasi va porti bo‘lmagan ilk smartfon!

Kutilganidek, Meizu kompaniyasi kecha o‘zining mazkur inqilobiy devaysi uchun oldindan buyurtma qabul qila boshladi. Indiegogo kraudfanding platformasida Meizu Zero Limited Collector's Edition smartfoni uchun pul yig‘ish boshlangan. Mazkur dastur doirasida uning bor-yo‘g‘i 100 donasi sotiladi:

Lekin innovatsion smartfonning narxi odamni o‘ylantiradi – naq 1300 AQSh dollari. Xo‘sh, buni qimmat, deysizmi? Unda navbatdagi ma’lumotga tayyor turing: bu – hali oldindan buyurtma berib ulgurgan yuz nafar baxtli xaridor uchun 700 dollarlik chegirma bilan olish narxi! Agarda mutlaqo tuynuksiz va tugmachasiz birinchi smartfon – Meizu Zero ommaviy savdoga chiqarilsa, uni 2000 dollarga olish mumkin bo‘ladi!

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Bulardan ham tashqari, Indiegogo platformasida ushbu smartfonning Exclusive Pioneering Unit deb nomlangan bitta namunasi ham bor. Ya’ni, Meizu uning taqdimot marosimida namoyish etilgan nusxasini 3000 dollarga sotmoqchi. Buyam hali 1000 dollar chegirma bilan e’lon qilingan narxi!

Barcha xaridorlarga Meizu Zero smartfonlari jamlanmada simsiz quvvatlash uskunalari bilan birga yetkaziladi. Exclusive Pioneering Unit haqi to‘liq to‘lanishi bilan jo‘natiladi, Limited Collector's Edition variantlari esa apreldan boshlab yetkazib beriladi.

Bizning Terashop.uz internet do‘konimizda esa, bunaqa tirqishsiz bo‘lmasa-da, bemalol ishlatish mumkin bo‘lgan smartfonlarni atigi 599 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 30 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!