«Tungi internet» yanada arzonlashdi – naq 31 maygacha!

  •   DiMaX
  •  12121
  •  10.04.2020 17:19

«Tungi internet» yanada arzonlashdi – naq 31 maygacha!

Karantin va koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari olib borilayotgan davrda yurtimizdagi uyali aloqa operatorlari abonentlarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratishmoqda. Jumladan, «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi (Uzmobile filiali) o‘qituvchilar uchun maxsus tarif joriy etgan.

O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing

UZTELECOM maxsus «Cheksiz muloqot» aksiyasi doirasida 2020 yilning 10 aprelidan 31 mayiga qadar «Tungi Internet» xizmati narxi sezilarli darajada arzonlashganini ma’lum qildi. Ushbu aksiya faqatgina jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.

Mazkur aksiya shartlari abonentning «Faol» holatidagina amal qiladi. Qolgan shartlar qo‘shimcha xizmat shartlariga muvofiq saqlab qolinadi. Batafsil ma’lumot uchun ushbu havola orqali aksiya sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: RASMAN: Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi kimlarga taalluqli?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!