Turli ranglardagi Galaxy A10s birinchi bor rasmiy suratda ko‘rsatildi!

  •   DiMaX
  •  1695
  •  01.08.2019 10:44

Turli ranglardagi Galaxy A10s birinchi bor rasmiy suratda ko‘rsatildi!

Samsung kompaniyasi kuchaytirilgan hamyonbop – Galaxy A10s smartfonini keyingi haftada namoyish qilishi kutilmoqda. Slashleaks resursi uning birinchi rasmiy reklama tasvirini e’lon qildi.

O‘QING: Galaxy A10s arzon bo‘lsa-da, qo‘sh kamera, daktiloskop, 4000 mA/soatlik batareya va kuchli MediaTek chipiga ega!

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A10s diagonaliga 6,2 dyuymlik, HD+ formatdagi ekran bilan jihozlangan. Bosh kamerasi 13 + 2 megapiksellik, selfi-kamera esa 8 megapiksellik modullarni o‘z ichiga oladi. Original Galaxy A10 (sotib olish) modelida mavjud bo‘lmagan barmoq izi skaneri yangi smartfonga joriy etilishi aytilgan.

Bulardan tashqari, Galaxy A10s nisbatan kuchli MediaTek Helio P22 protsessoriga hamda 4000 mA/soatlik akkumulyatorga ham ega. Uning tezkor xotirasi 2, doimiysi esa 32 gigabaytlik bo‘ladi.

Galaxy A10s keyingi haftada taqdim etilib, 130 dollardan sotilishini aytishmoqda. Hozirgacha savdoga chiqqan turli Samsung telefonlarini esa 619 000 so‘mdan boshlangan narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Samsung rekordchisi: keyingi arzon smartfon naq 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!