Ubisoft’dan uchta sarguzasht o‘yinni 5 maygacha bepul olib qo‘yishga ulguring! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1696
  •  02.05.2020 14:58

Ubisoft’dan uchta sarguzasht o‘yinni 5 maygacha bepul olib qo‘yishga ulguring! (+videolar)

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun turli o‘yin studiyalari o‘z mahsulotlarini bepul tarqatishmoqda. Masalan, Hitman o‘yinining birinchi mavsumini PlayStation 4 pristavkalariga butkul bepul tarqatishyapti!

O‘QING: Epic Games ikkita – xorror va ekshen o‘yinni 7 maygacha tekin tarqatyapti (+video)

Ubisoft kompaniyasi ham Uplay servisida aksiya o‘tkazyapti – uchta o‘yinni vaqtincha bepul beryapti. Bulardan birinchisi Rayman Legends nomli ommabop platformer bo‘lib, bir vaqtning o‘zida to‘rt nafar geymer o‘ynashi mumkin.

Uplay do‘konidan Rayman Legends o‘yinini bepul yuklab olish uchun ushbu havola orqali uning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)

Child of Light nomli ikkinchi o‘yin bo‘lsa Avrora ismli malikaning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. O‘yin mobaynida u qora qirolichani mahv etishi hamda Lemuriya qirolligini tiklashi kerak bo‘ladi. Mazkur havola yordamida uning sahifasiga o‘tib, bepul ko‘chirib olsangiz bo‘ladi.

Vaqtincha bepul tarqatilayotgan yana bir mahsulot – XXI asrning eng zo‘r ellikta o‘yini reytingiga kirgan Assassin's Creed 2 bo‘lib, u haqda kuni kecha yozgan edik. Mazkur o‘yinni Uplay do‘konidan bepul olish uchun mana bu havola orqali o‘tasiz.

Yodda tuting: ushbu uchala o‘yinni ham 5 may kunigacha bepul olib ulgurishingiz kerak, keyin yana pulli bo‘lib qoladi. Shunday ekan, birga o‘ynaydigan do‘stlaringizga, o‘yinlarga qiziquvchi yaqinlaringizga ham bu xabarni yetkazib qo‘yganingiz ma’qul.

O‘QING: Gameloft yubileyi sharafiga naq 30 ta Android-o‘yinni bepul beryapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.