Ucell abonentlari uchun juda foydali, lekin ko‘pchilik bilmagan beshta USSD-so‘rov

  •   DiMaX
  •  14634
  •  30.07.2018 17:53

Ucell abonentlari uchun juda foydali, lekin ko‘pchilik bilmagan beshta USSD-so‘rov

Odatda uyali telefon raqamimizning hisobini bilish, limitlar qoldiqlarini aniqlash va shu kabilar uchun qo‘llanadigan USSD-so‘rovlarni yoddan bilamiz. Shu bilan birga, Ucell abonentlari orasida uncha keng tarqalmagan, ammo foydali boshqa so‘rovlar ham mavjud.

O‘QING: Ucell’dan layfxak: internet-to‘plam xaridida 150 foizgacha tekin trafik olishingiz mumkin!

Mazkur operator o‘zining Telegram-kanali orqali shunday USSD-so‘rovlarning TOP-beshtaligi haqida ma’lumot berdi. Ularni quyida e’tiboringizga havola etmoqdamiz:

  1. Atigi 42.1 so‘m evaziga 4G tarmog‘ida foydalanish uchun 30 kun muddatga 5000 MB hajmida internet-trafik olish mumkin. Mazkur imkoniyat *500# so‘rovi orqali, «4Gni sinab ko‘r» xizmati doirasida taqdim etiladi.
  2. Oldingi 2 kun uchun hisobdagi barcha o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil hisobot ko‘rsatilgan tafsilotni *411# so‘rovi yordamida buyurtma qilishingiz mumkin. Bu «Hisob-kitob» xizmati doirasidagi imkoniyat hisoblanadi.
  3. Barcha faol xizmatlarni birvarakayiga bekor qilish uchun *350# so‘rovidan foydalansangiz bo‘ladi. Operator mazkur imkoniyatni «Xizmatlarni o‘chirish» xizmati orqali taqdim etadi.
  4. Raqamingizda faol barcha qo‘shimcha pulli xizmatlar ro‘yxatini esa *401# USSD-so‘rovi orqali ko‘rasiz. Ushbu imkoniyat «Mening xizmatlarim» servisi doirasiga kiradi.
  5. O‘z raqamingiz va unga oid boshqa foydali ma’lumotlarni *450# raqamlarini tergan holda bilib olishingiz mumkin. Bu ma’lumotlar «Men kimman» xizmati doirasida taqdim etiladi.

Payqaganingizdek, yuqoridagi USSD-so‘rovlar mansub bo‘lgan xizmatlar nomlariga maxsus havolalar joylangan. So‘rovlardan birini jo‘natishdan oldin, havola orqali Ucell saytidagi tegishli sahifaga o‘tib, xizmat shartlari bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

O‘QING: Ucell O‘zbekiston bo‘yicha muloqot uchun «Qulay daqiqalar»ni taqdim etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.