Ucell’dan layfxak-2: Smartfondan TAS-IX’ga bepul kiring!

  •   DiMaX
  •  4619
  •  23.07.2018 19:01

Ucell’dan layfxak-2: Smartfondan TAS-IX’ga bepul kiring!

Yurtimizda Ucell savdo belgisi ostida faoliyat yuritayotgan «COSCOM» MChJ o‘z mijozlariga turli xizmatlar taqdim etishdan tashqari, ulardan samarali foydalanish sirlarini ham o‘rgata boshlagan. Mazkur operator shu maqsadda o‘zining Telegram-sahifasi orqali #UcellLifehack ruknini joriy etgan.

O‘QING: Ucell’dan layfxak: internet-to‘plam xaridida 150 foizgacha tekin trafik olishingiz mumkin!

Ushbu rukn ostidagi ikkinchi layfxak smartfoningizda bepul TAS-IX’ni qo‘lga kiritish sirlarini oshkor etadi.

Ucell’ning ma’lum qilishicha, buning uchun smartfoningizda *555*5# USSD-so‘rovi orqali «Oylik 4G internet-to‘plamlar»idan birini faollashtirishingiz lozim. Shunda tezligi 10 Mbit/soniyagacha bo‘lgan internetdan TAS-IX hududida cheksiz foydalana olasiz.

BILISh MUHIM:

  • TAS-IX hududidan faqat 4G tarmog‘idagina cheksiz foydalanish mumkin;
  • Umumiy internet uchun belgilangan internet-trafik sarf etilib bo‘lmaguniga qadar TAS-IX hududiga ulanish tezligi 10 Mbit/soniyani tashkil etadi;
  • Belgilangan trafik sarf etib bo‘lingach, TAS-IX hududida internet tezligi 64 Kbit/soniyagacha qilib belgilanadi.

Bu imkoniyatdan foydalanishning shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operator saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin. Ucell operatorining 4G tarmog‘i qoplami xaritasini ko‘rish uchun esa mana bu sahifaga o‘ting.

O‘QING: Ucell oltita tarifdagi abonentlariga endi doimiy asosda, har kuni 50 MBgacha bonus beradi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.