Ucell’dan yana bir hadya: Futbol bo‘yicha jahon chempionati – smartfoningizda!

  •   DiMaX
  •  1885
  •  13.06.2018 18:56

Ucell’dan yana bir hadya: Futbol bo‘yicha jahon chempionati – smartfoningizda!

Millionlar o‘yini bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati boshlanishiga oz vaqt qoldi. Yurtimizdagi uyali aloqa operatorlari ham futbol muxlisi bo‘lgan o‘z mijozlariga bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etishmoqda.

O‘QING: Futbol ishqibozlariga Ucell tuhfasi – «Narxlarga zarba» aksiyasi!

Ucell rasmiy saytida bugun yana bitta ajoyib xushxabar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, endi Ucell abonentlari futbol bo‘yicha jahon chempionatini istalgan qulay joyda onlayn rejimda tomosha qilishlari mumkin. iTV xizmati bilan kuniga atigi 2000 so‘m evaziga shunday imkoniyat taqdim etilmoqda.

Futbol ko‘rish uchun iTV xizmatini faollashtirish *660# USSD-kodi orqali amalga oshiriladi. To‘plam yordamida TV bo‘limini 17:00 dan 02:00 gacha trafik cheklovisiz va to‘lovsiz tomosha qilish mumkin.

Bundan tashqari, Telegramda maxsus Ucell botidan foydalanib, o‘yinlar natijalarini oldindan taxmin qilib topishingiz va turli sovrinlar yutib olishingiz ham mumkin.

Ushbu xizmat haqida batafsil ma’lumot olish, uning shartlari bilan tanishish uchun Ucell rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Futbol: Jahon chempioni hozirdanoq ma’lum