Uch modulli selfi-kameraga ega ilk smartfonni kim chiqarayotganini bilasizmi? (+suratlar)

  •   DiMaX
  •  743
  •  21.11.2018 14:28

Uch modulli selfi-kameraga ega ilk smartfonni kim chiqarayotganini bilasizmi? (+suratlar)

Hozirda uchta datchikka ega kamerali smartfonlarni ko‘pchilik kompaniyalar taqdim etishmoqda. Ammo ularning barida asosiy kamera ko‘p modulli bo‘lyapti, ayrimlarida sensorlar soni hatto to‘rttagacha borgan.

O‘QING: Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

Endi esa selfi-kamerasi uchta ob’yektivli smartfonlarga ham navbat keldi, shekilli. To‘g‘ri, Honor Magic 2 modeli texnik jihatdan uchtalik old kameraga ega, ammo ularning ikkitasi 2 megapiksellik chuqurlik datchiklaridir.

Xitoydagi Meitu kompaniyasi esa to‘laqonli uchta modulga ega selfi-kamerali dunyoda birinchi smartfonni tayyorlabdi. Uning Meitu MP1801 rusumli telefoni old kamerasi 12+20+8 megapiksellik haqiqiy uchta ob’yektivni o‘z ichiga olgan. Bular oddiy, keng burchakli hamda chuqurlik datchiklari ekanligi ma’lum.

TENAA saytida uning suratlari e’lon qilinganiga qaraganda, bu smartfonning taqdimoti ham yaqin, shekilli:

Meitu MP1801 asosiy kamerasi esa qo‘shaloq – 12+8 megapikselli datchiklardan iborat bo‘lib, uning har ikki tomonida bittadan LED-chaqnog‘i bor. Smartfonning dizayni esa lyuks smartfonlar brendi – Vertu qurilmalarini eslatadi. Umuman olganda, bu gadjet selfi ishqibozlari hamda hashamat shinavandalari uchun juda yaxshi tanlov bo‘la oladi.

O‘QING: Selfiga «shaydo» ayollar uchun maxsus smartfon taqdim qilindi

Uchtalik selfi-kamera diagonaliga 6,21 dyuymlik OLED-displey tepasidagi «kemtik»da joylashgan. Meitu MP1801 modeliga olti yadroli protsessor va 8 gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatilgan. Android 9.0 Pie tizimli bu devays doimiy xotirasi 128 va 256 gigabaytlik talqinlarda ishlab chiqariladi.

Darvoqe, Meitu kompaniyasi kuni kecha smartfonsozlik biznesini Xiaomi korporatsiyasiga sotgan. Demak, Meitu MP1801 modeli uning o‘zi chiqarayotgan so‘nggi smartfon bo‘lishi, bundan so‘ng uchtalik selfi-kameraga ega telefonlarni «xitoycha Apple» taqdim etishi ham ehtimoldan xoli emas. Xiaomi smartfonlarini esa 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!