Uchta rangdagi hamyonbop iPhone XC’ni ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1857
  •  07.09.2018 09:21

Uchta rangdagi hamyonbop iPhone XC’ni ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Kupertinolik gigant bu yilgi asosiy taqdimot marosimini 12 sentyabrga belgilaganligi haqida yozganmiz. Unda namoyish etiladigan turli devayslarning rasmlari, texnik jihatlari va narxi haqidagi ma’lumotlarni esa insayderlar allaqachon fosh etishgan.

O‘QING: Apple’ning yangi gadjetlari: narx, xususiyat va suratlari taqdimotdan bir hafta avval chiqib ketdi

Xabar berganimizdek, Apple’ning bu yilgi smartfonlari ikkita premial iPhone XS hamda bitta hamyonbop iPhone XC modellaridan iborat bo‘ladi. Internetga mana shu arzon iPhone XC modelining «jonli» suratlari ham chiqib ketdi.

Ko‘rib turganingizdek, arzon smartfon uch xil – qora, oq va qizil rangli korpuslarda. Kuni kecha xitoylik insayderlar tarqatgan ma’lumotdagidek, bu rasmlarda ham iPhone XC korpusi alyuminiy romga ega. Shuningdek, kamera va fotochaqnoq joylashuvi, umuman orqa panel dizayni ham xuddi o‘shandagidek.

Afsuski, hatto insayderlik ma’lumotlarida ham iPhone XC’ning old yuzasini hech ko‘rsatishmayapti.

Shunisi ham borki, bu rasmlarda tasvirlangan gadjetlar iPhone XC’ning maketi yoki xitoyliklar allaqachon unga o‘xshatib tayyorlagan qalbaki ayfon bo‘lishi ham mumkin. Ammo suratlar o‘ta tiniq olingan va devayslarning judayam sifatli ishlanganligi yaqqol ko‘rinib turibdi.

O‘QING: iPhone: asl va qalbaki mahsulotni farqlashga oid maslahatlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!