Video: Apple reklamada iPhone XR’ning rekordchi jihatini aytib maqtandi

  •   DiMaX
  •  1350
  •  14.05.2019 17:38

Video: Apple reklamada iPhone XR’ning rekordchi jihatini aytib maqtandi

Kupertinolik kompaniyaning iPhone XS hamda iPhone XS Max flagmanlari kuchli bo‘lsa-da, eng ko‘p sotilayotgan smartfoni iPhone XR bo‘ladi. Shuningdek, DxOMark servisi uni yakka kamerali smartfonlarning «qirol»i sifatida ham e’tirof etgan.

O‘QING: iPhone XR’ning asosiy afzalliklarini Apple antiqa reklama roligida ko‘rsatib berdi

Apple endi ushbu modeliga bag‘ishlab «Up Late» nomli reklama videosini e’lon qildi. Unda iPhone XR’ning avtonomligi, ya’ni bitta quvvat bilan uzoq vaqt ishlay olishiga urg‘u berilgan.

30 soniyalik videoda kishilar iPhone XR’dan foydalanayotib, uning quvvati butkul tugab o‘chishini kutgan holda o‘zlari uxlab qolishlari ko‘rsatilgan. Lavhalarga «Undan avval sizning quvvatingiz tugab qoladi» shiori hamrohlik qiladi va oxirida iPhone XR avtonomlik bo‘yicha rekordchi ekanligi ta’kidlanadi.

Chindan ham, iPhone XR modeli barcha ayfonlar orasida eng yuqori darajada avtonomlikka ega. Bunga esa smartfonda iPhone XS hamda XS Max’lardagi kabi OLED-ekran emas, balki energiya tejovchi suyuq kristalli Liquid Retina displey qo‘llangani ham sababchidir.

Umuman olganda, mazkur ayfon batareya quvvatining uzoqqa yetishi bo‘yicha hatto aksariyat Android-smartfonlarni ham ortda qoldiradi. Terashop.uz internet-do‘konimizda iPhone XR’ning tezkor xotirasi 64 gigabaytlik versiyasini 5 976 000 so‘mga sotib olish, 128 gigabaytligini esa 6 805 000 so‘m evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Galaxy S10e avtonomligini ham iPhone XR bilan solishtirib ko‘rishdi. Afsus...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!