VIDEO: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra o‘lchamini o‘zaro va boshqa flagmanlar bilan solishtiramiz

  •   DiMaX
  •  2361
  •  16.01.2020 09:49

VIDEO: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra o‘lchamini o‘zaro va boshqa flagmanlar bilan solishtiramiz

XDA Developers resursi bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) janubiy koreyalik gigantning Galaxy S20 turkumidagi flagmanlari sirlarini ochishda davom etmoqda. Endi u mazkur uchala smartfonning korpusi o‘lchamlarini 3D-printerda chiqarilgan maketlari orqali taqqoslab ko‘rsatdi.

O‘QING: Ishlayotgan holdagi Galaxy S20+ «jonli» video, rasmlar va skrinshotlarda!

Xabaringiz borki, Samsung 11 fevralda namoyish etadigan Galaxy S20 turkumiga standart flagmandan tashqari Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra modellari ham kirgan. Ular orasida bazaviy Galaxy S20 smartfoni eng ixchami ekan – ekrani diagonaliga 6,2 yoki 6,3 dyuymlik. O‘tgan yilgi Galaxy S10 displeyi 6,1 dyuymlik edi; Galaxy S20 korpusi unikidan uzunroq, lekin ensizroq ekan.

Ekrani 6,7 dyuymlik Galaxy S20+ korpusi ham «ajdod»i – Galaxy S10+ flagmanidan uzunroq, lekin uning kattaligi qo‘lga uncha sezilmaydi, deyapti Maks Vaynbax. Ammo turkumda yangicha nomga ega bo‘lgan Galaxy S20 Ultra ularning eng kattasi bo‘lib, hattoki Galaxy Note 10 fabletlaridan ham yirik!

O‘QING: Rekordchi flagman – Galaxy S20 Ultra xususiyatlari hayratga soladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!