Video: iPhone 7 smartfonining qo‘sh kamerasi qanday ishlaydi?

Video: iPhone 7 smartfonining qo‘sh kamerasi qanday ishlaydi?

Mart oyining dastlabki kunida bo‘lg‘usi iPhone 7 smartfoniga oid bir qator tafsilotlar ma’lum bo‘lgan edi. Ulardan biri – smartfonning Plus-talqiniga qo‘shaloq kamera o‘rnatilishidir. MacRumors kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan videoda patentlangan Apple texnologiyasining qanday ishlashi namoyish etilgan.

Har biri 12 megapiksel bo‘lgan Sony modullari olgan tasvirlar dasturiy jihatdan bitta kartinaga birlashtiriladiyoki iOS`dagi ekranni bir necha qismga ajratib beruvchi Split Screen texnologiyasidan foydalanilgan holda alohida-alohida tasvirlaydi.

Asosiy kameradagi Sony modullari bir-biridan farqlanadi: ulardan biri optik kattalashtirish (zum)ga javob bersa, ikkinchisi – optik barqarorlashtirishga.

Eslatib o‘tamiz, jahonning yirik texnologik nashrlari 2016 yilda smartfonlar olamida urf bo‘ladigan 10ta texnologiya sirasiga qo‘shaloq kameralarni ham kiritgan edi. Ayrim mutaxassislarning fikricha, qo‘shaloq kameralar marketologlar tomonidan xaridorlar diqqatini yangi mahsulotlarga jalb qilish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, texnik jihatdan inqilob yasamaydi.