VIDEO: Nokia’ning ilk «o‘lmas» smartfonini «ichak-chovog‘ini ag‘darib» ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  722
  •  07.08.2021 09:48

VIDEO: Nokia’ning ilk «o‘lmas» smartfonini «ichak-chovog‘ini ag‘darib» ko‘rsatishdi

HMD Global kompaniyasi o‘tgan oyda mustahkam muhofazali birinchi smartfoni – Nokia XR20 rusumli qurilmasini taqdim etgan edi. Ushbu gadjet naq Android 14 talqinigacha yangilanishi bilan ham e’tiborga tushgan.

O‘QING: Qaysi smartfonlar naq Android 14 talqinigacha yangilanadi?

PBKreviews nomli YouTube-kanal muallifi shu Nokia XR20 smartfonining ichini ochib ko‘rib, videosini e’lon qildi. Bundan maqsad – devaysning muhofazasini aynan nimalar ta’minlab berayotganigi aniqlik kiritish, shuningdek, uning ta’mirga qanchalik yaroqli ekanligini baholash edi.

Videolavha muallifi qurilma korpusining qirralari rezina bilan himoyalanganligiga urg‘u bergan. Korpusning mustahkamligi uchun alyuminiydan ishlangan rom mas’ul – u smartfonni bukilishdan asraydi. Bundan tashqari, Nokia XR20 orqa paneli mustahkamlangan plastikdan yasalgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu «o‘ldirib bo‘lmas» smartfonning IP68 standartiga ko‘ra chang va suvdan himoyasini USB Type-C porti hamda dinamik atrofiga qo‘yilgan rezina prokladkalar ta’minlaydi.

Shunga qaramasdan, vloger Nokia XR20 modelining ta’mirga yaroqliligini yuqori baholamagan. Uning ta’kidlashicha, akkumulyatorni chiqarib olishga ancha ko‘p kuch sarflash kerak bo‘ladi – uni juda ko‘p miqdordagi yelim bilan yopishtirishgan.

Smartfonning old panelini almashtirish uchun uni deyarli to‘lig‘icha qismlarga ajratish talab etiladi. Demontaj natijalariga ko‘ra, videobloger Nokia XR20 ta’mirga yaroqliligini 10 balldan 6,5 ballga baholagan.

O‘QING: Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!