Videoda infografika: O‘tayotgan o‘n yillikda qaysi smartfonlar ommabop bo‘ldi?

  •   DiMaX
  •  1179
  •  26.12.2019 22:38

Videoda infografika: O‘tayotgan o‘n yillikda qaysi smartfonlar ommabop bo‘ldi?

Avvalroq biz The Verge nashri oxirgi o‘n yilda paydo bo‘lgan, insoniyat uchun katta ahamiyat kasb etgan devayslarning yuztalik reytingini chiqargani haqida yozgandik. So‘ng esa AQShning nufuzli Time jurnali ham o‘n yillikda taqdim qilingan o‘nta eng muhim qurilmani e’lon qilgan.

O‘QING: O‘n yillikning eng zo‘r o‘yinlari ikkita reytingda!

DataLearn nomli YouTube-kanal esa shu muddatda turli brendlarning smartfonlari ommabopligi qanchalik o‘zgarganini aks ettiruvchi infografika-video tayyorladi. Uni ko‘rib, 2010 yilning aprelidan to 2019 yilning oktyabriga qadar yetakchi smartfonsozlarning ommabopligi qay darajada almashib borganini yaqqol anglash mumkin.

Guvohi bo‘layotganingizdek, salkam 10 yil avval dunyo smartfon bozorining yetakchisi Nokia kompaniyasi edi. Uning hissasi 37,5% bo‘lsa, ikkinchi o‘rindagi Apple smartfon bozorining 33,15% qismini egallagan. Kuchli uchlikni 15,86% ulush bilan Blackberry yakunlab bergan bo‘lsa, Samsung hissasi atigi 2,37% bo‘lgan.

O‘QING: 2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni (IGN versiyasi)

Biroq shu o‘n yil ichida vaziyat tubdan o‘zgargan – 2019 yilning yakuniga kelib Samsung yetakchilikni qo‘lga oldi – hozirda smartfon bozorining 31,49 foizi uning mahsulotlaridir. Apple ikkinchi o‘rinni saqlab qola oldi, uning bozordagi hissasi esa 22,09 foizga teng.

Undan keyin esa oxirgi yillardagina yuqoriga ko‘tarilib olgan uchta xitoylik – Huawei, Xiaomi va Oppo kompaniyalari (tegishlicha 10%, 7,79% va 4,1% ulush bilan) kelyapti.

Qizig‘i, o‘n yil avvalgi yetakchilar – Nokia ham, Blackberry ham bugungi kunda smartfonsozlarning top-o‘ntaligida yo‘q.

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng xaridorgir smartfonlar (2019 yil, dekabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.