Farg‘ona shahri aholisi uchun xushxabar!

Farg‘ona shahri aholisi uchun xushxabar!

Visa to‘lov tizimi Orient Finans Bank va TEZCARD bilan hamrohlikda O‘zbekiston jamoat transportida naqdsiz to‘lovlar qamrovining kengayganligi haqida ma’lum qilmoqda. Endilikda farg‘onaliklar va shahar mehmonlari Farg‘ona shahridagi jamoat transportida Visa kontaktsiz kartalari yordamida yo‘lkirani to‘lashlari mumkin. O‘tgan yilning dekabr oyida TEZCARD orqali Farg‘onada yo‘lkira haqqini to‘lash avtomatlashtirililgani haqida yozgandik.

Istalgan bank tomonidan chiqarilgan kontaktsiz Visa kartalarining egalari Farg‘onada xizmat ko‘rsatayotgan 38 shahar avtobuslarida yo‘lkira haqlarini tez va qulay ravishda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Buning uchun Visa kartani TEZCARD terminal-validatoriga tekkizishning o‘zi kifoya.

O‘QING: Dunyodagi 10 ta eng aqlli shahar

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Visa, TEZCARD va Orient Finans Bank Samarqand shahridagi jamoat transportida bank kartalarini qabul qilishni ishga tushirgan edi va hozirgi loyiha kompaniyalar hamkorligining davomidir.

Visa shahar xizmatlariga innovatsion yechimlarni joriy qilishda global ekspertizaga ega va urbanistik infratuzilmalarni rivojlantirishda shahar hokimiyatlarining ishonchli hamkori. Bugun, Samarqand shahridan keyingi bosqichda, Farg‘ona ahli va mehmonlari jamoat transportdagi yo‘lkiralarini Visa kontaktsiz kartalari orqali tez va qulay to‘lash imkoniga ega bo‘lishdi”, - deb sharhladi Markaziy Osiyodagi Visaning Bosh menedjeri Aliya Chinibayeva. “Ishonamizki, Visaning transportdagi innovatsion to‘lov texnologiyalari shahardagi safarlarni yanada qulay qiladi, va shu bilan birga yo‘lkira to‘lovlarning xavfsiz va qulay tizimining yaratilishiga ko‘maklashadi”.

Visa bilan hamkorligimizning keyingi bosqichidan juda mamnunmiz. Uning natijasida TEZCARD foydalanuvchilari O‘zbekistondagi yana bir shahrida qo‘shimcha qulayliklar va imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Ishonchimiz komilki, bunday unikal imkoniyatning Farg‘ona shahrida ishga tushirilishi uning turistik potensialining rivojlanishiga qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qiladi”, - dedi “TEZCARD” MChJ direktori Aziz Axmedov.

 «Bunday loyihalarda ishtirok etishdan, to‘lov yechimlar bozoridagi global ishtirokchilarining tajribalarini o‘rganishdan, O‘zbekiston fuqarolari va mehmonlari uchun to‘lov infratuzilmani yanada qulayroq qilib yaratishdan xursandmiz. Yaqin kelajakda kontaktsiz usuldagi to‘lovlar naqd to‘lovlarga nisbatan o‘z qulayligi va amaliyotning tezkorligi sababli bir nechta martaga oshishiga ishonamiz va kuzatib turibmiz. Jamoat transportdagi va boshqa yo‘nalishlarda kontaktsiz to‘lov imkoniyatlarining territorial kengayishiga umid qilmoqdamiz», - deb ta’kidladi Sherzod To‘yboyev, “Orient Finans” XATB Boshqaruv raisining o‘rinbosari.

O‘QING: Toshkent avtobuslarida GPS tizimi va «MyBus Tashkent» ilovasi yana ishga tushadimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!