Vivo eng kuchli o‘yin smartfonining taqdimot kunini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  928
  •  13.04.2020 11:37

Vivo eng kuchli o‘yin smartfonining taqdimot kunini e’lon qildi

Bundan roppa-rosa bir oy avval ZTE korporatsiyasining Nubia kompaniyasi o‘yinbop smartfonlarining navbatdagi avlodini sotuvga chiqargan edi. Red Magic 5G rusumli bu geymerofon kadr yangilanish chastotasi 144 gerslik ilk smartfondir.

O‘QING: Black Shark 3 hamda Red Magic 5G geymerofonlarini yakson etuvchi Lenovo Legion ilk rasmiy suratda!

Vivo kompaniyasi o‘zining o‘yinbop qurilmalarga moslashgan brendi ostidagi yangi smartfonining namoyish sanasini aytdi. iQOO Neo 3 5G nomini olgan bu qurilma Nubia Red Magic 5G modelining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi va ayrim jihatlariga ko‘ra undan ustun bo‘ladi.

Mazkur gadjet hozirgi eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 865 chipsetiga hamda ZTE geymerofonidagi kabi 144 gerslik displeyga ega. Vivo rasmiy posteriga ko‘ra, iQOO Neo 3 5G kelasi hafta – 23 aprelda taqdim etiladi.

Kompaniya tasdiqlashicha, ushbu 5G-smartfon eng tezkor – UFS 3.1 toifali «operativka» bilan ham maqtana oladi (Red Magic 5G esa UFS 3.0 turidagi chipga ega). iQOO Neo 3 5G geymerofoniga Vivo kompaniyasining 55 vattlik Super FlashCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi ham joriy etilgan. Smartfon dastlab mahalliy bozorga chiqarilsa kerak, biroq uning narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: TOP-10: Dunyo bozoridagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!