Vladimir Putin atigi 10 dollarlik VR-shlem yordamida virtual olamga sayohat qildi (+video)

  •   DiMaX
  •  1047
  •  24.01.2019 11:47

Vladimir Putin atigi 10 dollarlik VR-shlem yordamida virtual olamga sayohat qildi (+video)

Rossiya prezidenti kecha Moskva davlat universitetiga tashrif buyurib, virtual borliq shlemlari uchun ilova ishlab chiqqan talabalar bilan uchrashdi. Putin zamonaviy texnologiyalar rivojini qo‘llab-quvvatlasa-da, shaxsan o‘zi gadjetlardan uncha foydalanmaydi.

O‘QING: Sir ochildi: nega Putin umuman smartfon ishlatmaydi?

Moskva davlat universiteti talabalari ushbu o‘quv dargohining muzeyidagi eksponatlarning uch o‘lchamli modellarini yaratishgan va ularni VR – virtual reallik (virtual borliq) formatida tomosha qilish mumkin.

Prezident mazkur ilova bilan VR-shlem orqali tanishib, eksponatlarni tomosha qildi. Bunda u internet-do‘konlardan atigi 10 dollarga olish mumkin bo‘lgan Monster Vision VR Headset garniturasidan foydalangan.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Quyidagi videolavhada ushbu jarayonni tomosha qilishingiz mumkin:

Darvoqe, Monster Vision VR Headset garniturasining arzonligiga sabab – uning o‘zida elektron qism yo‘q, balki faqatgina maxsus optikasi hamda smartfonni mahkamlash qisqichlari bor.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!