WhatsApp’dagi maxfiy funksiya orqali suhbatdoshning joylashuvini kuzatsa bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2149
  •  14.08.2018 15:18

WhatsApp’dagi maxfiy funksiya orqali suhbatdoshning joylashuvini kuzatsa bo‘ladi!

Ayni damda WhatsApp – dunyodagi eng yirik, naq bir yarim milliardlik auditoriyaga ega messenjer hisoblanadi. Dasturchilar uni tobora yangi-yangi funksiyalar bilan boyitib kelishmoqda.

O‘QING: WhatsApp’da guruh tarzidagi qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroq ishga tushdi – ulardan qanday foydalanamiz?

WhatsApp foydalanuvchilarining aksariyati undagi bitta funksiyadan bexabarlar. Bu funksiya messenjerdagi suhbatdoshning joylashuvini ma’lum muddat mobaynida kuzatib borish imkonini beradi. Ammo buning uchun o‘sha kishi o‘zi xususidagi mazkur ma’lumotni taqdim etishi lozim.

Messenjerda suhbatdoshingizga o‘z joylashuvingiz haqidagi ma’lumotni ikkinchisiga taqdim etishingiz uchun u bilan muloqot bo‘limida matn terish maydonchasidan o‘ng tomondagi skrepka tugmachasini, keyin esa ochilgan menyudan «Joy» – «Mesto» tugmachasini bosasiz. So‘ng «Geoma’lumotlarni baham ko‘rish» – «Delitsya geodannimi» funksiyasini faollashtirib, uning ishlash muddatini tanlaysiz.

Geoma’lumotlaringizni 15 daqiqa, 1 yoki 8 soatlik muddatga taqdim etishingiz mumkin, buning evaziga shu vaqt mobaynida suhbatdoshingiz aynan qayerda ekaningizni xaritada ko‘rib boradi. Agar u ham o‘z messenjerida ushbu funksiyani faollashtirsa, har ikki tomon ham real vaqt rejimida bir-biringizning joylashuvingiz va harakatlanishingizni ko‘rib borasiz.

O‘QING: Ogoh bo‘ling! WhatsApp’da yana bir xavfli zaiflik aniqlandi

WhatsApp’dagi ushbu maxfiy funksiya hatto guruhli chatlarda ham ishlaydi, bu esa ko‘p hollarda asqotishi mumkin.

Ammo yodda tuting: bu funksiyadan foydalanayotganda GPS modulining, internetning bir vaqtda ishlashi tufayli akkumulyator quvvati ko‘proq sarflanadi. Axir, ekran o‘chiq (bloklangan) holatda bo‘lsa ham, GPS muntazam ishlab turadi.

O‘QING: WhatsApp: smartfon xotirasini va megabaytlarni tejashning oddiy yo‘li topildi!