Windows 10 «dafn etiladigan» aniq kunni Microsoft rasman aytdi

  •   DiMaX
  •  905
  •  12.06.2021 12:41

Windows 10 «dafn etiladigan» aniq kunni Microsoft rasman aytdi

Yaqindagina Build 2021 konferensiyasi doirasida Microsoft korporatsiyasi yetakchisi tez orada «Windows’ning yangi avlodi» chiqishini e’lon qilgan edi. Satya Nadella keyingi paytlarda shaxsan o‘zi shu tizimdan foydalanayotganini, uning zo‘rligidan hayratga tushayotganini aytgan. Kuni kecha esa...

O‘QING: Microsoft antiqa reklama roligida navbatdagi Windows namoyish kunini aytib, nomiga ishora qildi

Windows 11 operatsion tizim talqini chiqqach, ma’lum vaqtdan so‘ng hozirgi – Windows 10 versiyasining qo‘llab-quvvatlanishi to‘xtatiladi. Microsoft kuni kecha o‘zining Windows 10 Home hamda Windows 10 Pro versiyalari uchun hayot sikli siyosati sahifasini yangiladi.

Unga ko‘ra, o‘ninchi avlod operatsion tizimining barcha talqinlarining qo‘llab-quvvatlanishi 2025 yilning 14 oktyabr sanasida to‘xtatiladi. To‘g‘ri, shundan keyin ham turli versiyalardagi Windows 10 tizimlarini ishlataverish mumkin – xuddi hozir ham Windows 95, Windows XP hamda Windows 7 tizimlaridan foydalanish holatlari mavjudligi singari. Biroq Microsoft ularga xizmat ko‘rsatmaydi, xavfsizlik patchlari tarqatmaydi.

O‘QING: Litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etildi