Windows 10 dasturida o‘yin rejimi paydo bo‘lishi mumkin

Windows 10 dasturida o‘yin rejimi paydo bo‘lishi mumkin

2017 yilning bahor oylarida  Windows 10 dasturining navbatdagi yangilanishi chiqarilishi kutilmoqda. Creators Update deb nomlanadigan ushbu versiyada maxsus o‘yin rejimi paydo bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Tech Radar nashri.

Dasturchilar gamemode.dll.  fayllar yig‘indisida ushbu rejimga tegishli belgilarni  aniqlashgan.  Hozircha rejimning biror xususiyati haqida gapirishga erta. Ammo taxminlarga qaraganda o‘yin rejimi Xbox One pristavkasidagi texnologiya asosida ishlashi mumkin.  Ushbu rejimda operatsion tizim asosiy va grafik protsessorlar quvvatini o‘yinni samarali qayta ishlash uchun yo‘naltiradi. Natijada kadrlar chastotasi ortib, yuklash vaqti qisqaradi va umuman  qurilmaning ishlash samaradorligi yaxshilanadi.

Mutaxassislar bunday rejim Windows 10 qurilmalarida turli o‘yinlar o‘ynashni yanada qulaylashtirishini qayd etishmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!