Windows 10 May 2019 Update taqdim etildi: yangilanishlarni endi o‘zingiz boshqara olasiz!

  •   DiMaX
  •  973
  •  05.04.2019 13:25

Windows 10 May 2019 Update taqdim etildi: yangilanishlarni endi o‘zingiz boshqara olasiz!

Microsoft kompaniyasi kecha o‘z operatsion tizimining navbatdagi yirik yangilanishi – Windows 10 May 2019 Update’ni namoyish etdi. Unda foydalanuvchilar uchun ko‘plab yangi qulayliklar berilgan.

O‘QING: JOSUSLARDAN SAQLANING: Windows 10 tizimida veb-kamerani o‘chirib qo‘yamiz

Microsoft bu haqda o‘z blogida yozar ekan, endi Windows 10 foydalanuvchilari tizim yangilanishlarini o‘zlari boshqara olishlarini alohida ta’kidlagan. Agar ushbu operatsion tizimning avvalgi funksional apdeytlari kompyuterga o‘z-o‘zidan o‘rnatiladigan bo‘lsa, maydagi yangilanishdan so‘ng unaqa bo‘lmaydi. Endi foydalanuvchiga yangilanish tayyor ekanligi haqida bildirishnoma keladi; uni hozir o‘rnatish yoki 35 kungacha pauza qilib turish har kimning o‘z ixtiyorida. Bordiyu foydalanuvchi funksional apdeytni hozircha o‘rnatmay turishga qaror qilsa, tizim faqat xavfsizlik yangilanishlarini olishda davom etadi.

Shuningdek, may oyidagi apdeyt bilan Windows 10 yangi yorqin interfeys mavzusiga ega bo‘ladi, bildirishnomalar markazi hamda «Qumdon» (Windows Sandbox)  yangilanadi. Tag‘in u Kaomoji nomli yapon smayliklarini qo‘llab-quvvatlaydi, yana Cortana ovozli yordamchi orqali qidiruv va Windows vazifalar paneli orqali izlashlar alohida-alohida qilib ajratiladi.

Yangi dasturiy ta’minot keyingi haftadan Windows Insider sinov dasturi ishtirokchilariga tarqatiladi. Oddiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun esa Windows 10 May 2019 Update may oyida yetib keladi.

O‘QING: Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!