Xakerlar iOS 12 o‘rnatilgan iPhone X himoyasini ham allaqachon buza olishdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  991
  •  18.06.2018 14:12

Xakerlar iOS 12 o‘rnatilgan iPhone X himoyasini ham allaqachon buza olishdi! (+video)

Apple o‘zining mobil operatsion tizimi mustahkam himoyaga ega ekanligi bilan faxrlanadi. Ammo xakerlar hatto iOS himoyasini ham buzib – uning uchun jeylbreyk tayyorlab kelishadi.

O‘QING: iOS 11’da jeylbreyk qilishni o‘rganamiz

Yaqinda rasman namoyish etilgan iOS 12 tizim talqini shu yilning kuzida barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etilishi kutilayotir. Ayni shu paytgacha xakerlar uning uchun ham jeylbreykni tayyorlab, tarqatishlari ehtimoli yuqori.

KeenLab xakerlar guruhi a’zosi Xaker Liang Cheng kuni kecha e’lon qilgan videolavhada ushbu tizim talqinining birinchi beta-versiyasida ishlayotgan iPhone X muhofazasi buzib kirilganligi aks ettirilgan. Cheng unda dastlab mazkur superflagmanga chindan ham eng so‘nggi – iOS 12 operatsion tizimida ishlayotganligini namoyish etadi. Keyin esa KeenLab ilovasini ishga tushirib, ayfon himoyasini buzadi. Bunda biryo‘la smartfonga norasmiy ilovalar do‘koni – Cydia ham o‘rnatiladi.

Mana, ushbu jarayonni birga tomosha qilamiz:

Aytish kerakki, bu – yap-yangi iOS 12 uchun tayyorlangan ilk jeylbreykdir. Bu o‘rinda mazkur yangilanishni xakerlar bunchalik tezda buza olganlari alohida e’tiborga loyiq.

To‘g‘ri, himoyadagi mazkur «tirqish»ni topib, keyingi jamlanmalarda yoki iOS 12’ning to‘laqonli taqdimotida berkitish uchun Apple’da bir necha oy vaqt bor. Ammo ungacha xakerlar ham qo‘l qovushtirib o‘tirishmasa kerak...

O‘QING: Toshkentlik xaker bankni salkam 90 ming dollarga «chuv tushirdi»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!