Xakerlar ushbu kompaniyaning noutbuk va kompyuterlarini egalariga sezdirmasdan boshqarib kelishayotgan ekan!

  •   DiMaX
  •  1101
  •  28.03.2019 12:22

Xakerlar ushbu kompaniyaning noutbuk va kompyuterlarini egalariga sezdirmasdan boshqarib kelishayotgan ekan!

«Kasperskiy laboratoriyasi» yaqinda xakerlarning yana bir hujumi haqidagi ma’lumotni oshkor etdi. Aniqlanishicha, ular butun dunyo bo‘ylab milliondan oshiq ASUS noutbuk va kompyuterlarining himoyasini buzib kirishgan.

O‘QING: JOSUSLARDAN SAQLANING: Windows 10 tizimida veb-kamerani o‘chirib qo‘yamiz

Ma’lum bo‘lishicha, xakerlar tayvanlik ishlab chiqaruvchining yangilanishlarni yuklab olish va o‘rnatish utilitasi – Asus Live Update dasturini modifikatsiya qilishga erishganlar. Keyin esa ushbu o‘zgartirilgan dasturiy ta’minotni rasmiy xavfsizlik sertifikatlari bilan imzolab, Asus kompyuterlariga tarqatishgan.

Natijada, 2018 yilning iyunidan to noyabriga qadar dunyoning turli burchaklaridagi milliondan oshiq kompyuterlariga xakerlar masofadan turib kirish va ziyonkor kod – bekdor o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishgan.

O‘QING: Hatto kuzatuv funksiyasi o‘chirilganda ham Windows 10 ayg‘oqchilik qiladi, ammo bunga chek qo‘yishning osongina yo‘li topildi!

Shuningdek, xakerlar muayyan MAC-manzillar va IP-manzillarga ega bo‘lgan 600 dan oshiq noutbuklar va kompyuterlarga aniq hujumlar ham amalga oshirishgan. Modifikatsiya qilingan «yangilanish» fayllari ASUS rasmiy serverlariga ham joylanganligi sababli, xakerlik harakatlarini nafaqat foydalanuvchilar, balki hatto kompaniya xavfsizlik bo‘limi xodimlari ham payqashmagan.

«Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassilari bu haqda ASUS vakillariga 2019 yilning yanvaridayoq xabar berishgan, keyin esa bir oy mobaynida muammolarni hal etishga ham yordamlashishgan. Natijada, 3.6.8 versiyasidagi Asus Live Update dasturi ushbu xavflardan xoli tarzda chiqqan. Ishlab chiqaruvchining o‘zi bu nuqson haqida foydalanuvchilarga xabar bermagani bois, mashhur antivirus kompaniyasi ushbu xakerlik hujumi bo‘yicha ASUS ularni ogohlantirib, yangilanishlarni o‘rnatib olishga chaqirgan.

Darvoqe, mazkur ishlab chiqaruvchining turli rusumlardagi noutbuklarini 2 502 000 so‘mdan boshlangan narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: ASUS, Acer, Lenovo, HP va Dell noutbuklarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 23 mart)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!