Xiaomi buklama smartfoni – Mi Mix Flex narxi va jihatlari bilan ilk bor tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  3462
  •  22.11.2018 08:23

Xiaomi buklama smartfoni – Mi Mix Flex narxi va jihatlari bilan ilk bor tanishamiz!

Qayishqoq ekranli buklanuvchi telefon yaratish borasida ko‘plab smartfonsozlar ishlanmalar olib borishayotganidan xabaringiz bor. Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda shunday qurilmasini ommaga ko‘rsatdi, lekin ungacha bir xitoylik kompaniya uloqni ilib ketgandi...

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Xullasi kalom, ushbu trendga Xiaomi ham ergashdi – u Mi Mix Flex nomli buklama smartfon tayyorlamoqda. Bu haqda Igeekphone nashri xabar berib, qurilmaning ayrim texnik jihatlarini keltirib ham o‘tgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi Mi Mix Flex qayishqoq ekranining diagonali 7,8 dyuymga teng. Buklangan holatida esa u 4 dyuymlik displeyga aylanadi.

O‘QING: Xiaomi yana ikkita modeliga MIUI 10 tarqatmoqda, ammo oltita smartfonini endi yangilamasligini aytdi

Buklama smartfonning «elektron yuragi» hali rasman taqdim etilmagan Snapdragon 8150 flagman protsessori bo‘lishi aytilmoqda. Qurilma 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega.

Xiaomi Mi Mix Flex keyingi yil rasman namoyish etilishi kutilmoqda, narxi esa taxminan 1300 AQSh dollariga teng. «Xitoycha Apple»ning hozirgacha bozorga chiqarilgan aksariyat smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!