Xiaomi dunyo bozoriga chiqadigan Mi 8 Pro’ni qadog‘idan olib ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  2991
  •  22.09.2018 13:27

Xiaomi dunyo bozoriga chiqadigan Mi 8 Pro’ni qadog‘idan olib ko‘rsatdi

Xabaringiz borki, Xiaomi kompaniyasi yaqindagina o‘zining Mi 8 Lite (Youth Edition) hamda Mi 8 Pro (Screen Fingerprint Edition) smartfonlarini taqdim etgandi. Bulardan birinchisi mahalliy bozorga 25 sentyabrdan chiqariladi, ikkinchisining savdolari esa 21 sentyabrdan boshlangan.

O‘QING: iPhone Xs taqdimotidan keyinoq Xiaomi uning naq uch baravar arzon klonini namoyish etdi!

Mi 8 Pro (Screen Fingerprint Edition) hozircha faqat Xitoy bozoriga taqdim etilgan, ammo tez orada uni jahon bozoriga ham chiqarishmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xiaomi xodimi Donovan Sung (Donovan Sung) o‘zining Twitter-akkaunti orqali xabar bergan.

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi xodimi ushbu smartfonning qadog‘ini ochib namoyish etilgan suratlarini ham ulashgan. Ularda Xiaomi Mi 8 Pro ikki xil korpusli variantda ko‘rsatilgan, birinchisi – pushti va tillarang aralash gradiyent rangda:

Ikkinchisining korpusi qora bo‘lib, xuddi Mi 8 Explorer Edition modelidagi singari, orqa paneli shaffof:

Xiaomi Mi 8 Pro dunyo bozoriga qachon jo‘natilishiga esa Donovan Sung aniqlik kiritmagan. Kuzatuvchilar uning boshqa mamlakatlar bozorlariga oktyabrda chiqishini taxmin qilishmoqda.

O‘zbekistonda esa «xitoycha Apple»ning bulardan oldingi bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham yorasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Terashop.uz’dagi 1 500 000 so‘mgacha narxli Xiaomi smartfonlari (2018 yil 19 sentyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!