Xiaomi endi Apple va Samsung’ga zarba beryapti!

  •   DiMaX
  •  3973
  •  18.12.2017 14:02

Xiaomi endi Apple va Samsung’ga zarba beryapti!

Apple hamda Samsung dunyodagi eng yirik smartfonsozlar ekanidan xabarimiz bor – ular har yili turli narx toifalariga mansub 200 milliondan oshiq smartfonlar sotishadi. Lekin bu ikki gigant Xitoy va boshqa ayrim Osiyo mamlakatlari bozorida o‘z ulushlaridan asta-sekinlik bilan ajralib bormoqdalar. Buning sababi – Xitoy smartfonsozlari bo‘lib, ular shu darajalardagi qurilmalarini ancha arzon narxlarda taklif etishadi.

Shuningdek, «xitoycha Apple» deya ta’riflanuvchi Xiaomi kompaniyasi bu bilan cheklanib qolmasdan, endi kupertinolik gigantga «o‘z uyida» ham hujum qilmoqda, deb yozadi AKKet nashri. Xitoylik smartfonsozning bu yurishi nafaqat Apple, balki Samsung uchun ham tahdidlidir.

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

Xullasi kalom, Xiaomi ijrochi direktori Van Sian tasdiqlashicha, kompaniya AQShning biryo‘la ikkita uyali aloqa operatori – AT&T hamda Verizon bilan muzokaralar olib bormoqda. Mazkur kelishuvlar natijasida Xiaomi AQSh hududida o‘zining smartfonlarini mazkur operatorlar shartnomasi bilan yoki shartnomasiz ham rasman sotishni boshlamoqchi.

Garchi Apple Amerikaning, Samsung esa Janubiy Koreyaning kompaniyasi bo‘lsa-da, AQSh mobil qurilmalar bozorida ularning ulushi deyarli bir xil. Bu bozorga 2018 yilda kirib borishni rejalashtirayotgan Xiaomi smartfonlari sotila boshlagach, u yerda ahvol tubdan o‘zgarishi aniq. Hali hozirdanoq ko‘plab amerikaliklar Xiaomi smartfonlarini boshqa mamlakatlardan buyurtma qilib oldirishmoqda. AQShning o‘zida rasman sotila boshlagach, bu smartfonlar xaridida ancha mablag‘ tejash imkoni tug‘iladi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Boshqacha qilib aytganda, AQShlik foydalanuvchilarning ko‘pchiligi shuni anglab yetishdiki, Samsung va Apple devayslaridagi kabi funksiyalarga ega smartfonlarni Xiaomi ancha arzonga taklif etib kelayotir. Xitoylik kompaniya ijrochi direktorining so‘zlariga ko‘ra, ularning mahsulotlari AQSh bozorida 2018 yilning yarmidayoq rasman savdoga chiqariladi.

O‘QING: Xiaomi'ning o‘rta narxli, yurtimizda sotilayotgan smartfoni kuchli kamerafonlarni uyaltirdi

Shuningdek, AQShning eng yirik uyali aloqa operatorlarining salonlari orqali sotishdan tashqari, Xiaomi o‘z smartfonlarini sotish uchun bu mamlakatda o‘zining onlayn-do‘konini ham tashkil etishni rejalashtirgan. Undan keyin esa AQSh hududidagi eng yirik shaharlarda savdo nuqtalarini ham ochish ko‘zda tutilgan. Bu esa potensial xaridorlarning e’tiborini yanada kuchliroq jalb etishi turgan gap. Natijada AQSh smartfon bozorida ham Apple va Samsung kompaniyalarining ulushlari kamayib ketishi aniq.

O‘QING: Ucell aksiya doirasida Xiaomi smartfonlariga chegirmalar taqdim etmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.