Xiaomi endi Marsni zabt etmoqchi – «qizil sayyora»da yashash uchun «aqlli» uy yaratdi!

  •   DiMaX
  •  742
  •  06.10.2018 14:40

Xiaomi endi Marsni zabt etmoqchi – «qizil sayyora»da yashash uchun «aqlli» uy yaratdi!

Bizda asosan smartfonlari bilan mashhur bo‘lgan Xiaomi kompaniyasi aslida turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ular orasida «aqlli uy» ekotizimi unsurlari ham muhim o‘rin tutadi.

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

«Xitoycha Apple» endi o‘zgacha mahsulot – Marsda yashash uchun yaraydigan uy prototipini yaratdi. Open Architecture dizaynerlar jamoasi bilan hamkorlikda yaratilgan bu uy  Mars Case deb nomlanadi.

Marsda ortiqcha narsaning o‘zi yo‘qligi, resurslarni tejash lozimligini inobatga olgan holda, mazkur fazoviy platforma «aqlli» qilib ishlangan. Mars Case deyarli hamma narsalarni qaytadan foydalaniladigan qilib bera oladigan uydir.

O‘QING: Xiaomi o‘zining eng qimmat mahsulotini chiqardi – u asosan yoshlar va yosh oilalarga mo‘ljallangan

Mars Case o‘lchamlari 2,4x2,4x2 metrni tashkil etadi. Uning o‘zi elektr energiyasini, havoni, suvni va chiqindilarni qayta ishlab berishga qodir. Bundan tashqari, uning portativ stansiya ekanligini ham ta’kidlash o‘rinli – boshqa joyga tezda ko‘chirish uchun uni osongina yig‘ish mumkin.

Eng qizig‘i – Mars Case simsiz internet tarmog‘iga ulanib, Xiaomi texnikalari bilan sinxronlasha oladi. Bunda uni oddiygina smartfondan boshqarish mumkin bo‘ladi.

Nima ham derdik, agarda Ilon Mask o‘zi va’da qilganidek Marsga doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘ysa, «qizil sayyora»da Mars Case asqotsa kerak.

O‘QING: NASA Marsni bosqichma-bosqich egallash rejasini tuzdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!