Xiaomi endi qora ro‘yxatda emas

Xiaomi endi qora ro‘yxatda emas

AQSh sudlariga bergan da’vo arizasidan so‘ng, xitoylik Xiaomi qora ro‘yxatdagi kompaniyalar qatoridan chiqarildi.

Tomonlar ushbu masalani sud aralashuvisiz hal qilishga kelishib olishdi, deb yozadi GSMArena Bloomberg'ga tayanib. Bu esa AQSh Mudofaa vazirligi kompaniyani global ko‘rsatkichlar ro‘yxatiga qayta kiritishga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.

Mojaro sobiq Prezident Donald Trampning 2020-yil noyabr oyida Xiaomi’ni «Kommunist Xitoy harbiy kompaniyasi» deb atab, AQSh fuqarolari va kompaniyalariga u bilan hamkorlik qilishga yoki unga sarmoya kiritishga taqiq qo‘yishi bilan boshlangandi.

Bunga javoban, Xiaomi 2021-yil yanvar oyida sudga da’vo arizasi kiritgan. Oradan ikki oy o‘tib, AQSh Kolumbiya okrugi sudi kompaniyaga qo‘yilgan taqiqni vaqtinchalik bekor qilgan.

GSMArena'ning yozishicha, na Xiaomi'dagilar va na AQSh sudlari masala yuzasidan izoh bermagan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvdan bexabarligini ma’lum qilgan.

O‘QING: Huawei osmonida yana qora bulutlar paydo bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!