Xiaomi eng arzon – Redmi Go smartfonini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

  •   DiMaX
  •  4700
  •  21.12.2018 09:48

Xiaomi eng arzon – Redmi Go smartfonini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

«Xitoycha Apple» o‘zining Redmi turkumida hamyonbop smartfonlar taqdim etib kelmoqda. Arzon telefonlar bozorida raqobat kuchayib borayotgani uchun, u mazkur seriyada yanada arzon – Xiaomi Redmi Go modelini tayyorladi!

O‘QING: Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, Xiaomi’ning ushbu smartfoni hamyonbop modellarga mo‘ljallangan – «yengil» Android Go operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Xiaomi Redmi Go haqida dastlab anonim insayderlar Weibo tarmog‘i orqali xabar berishgandi, ammo o‘shanda ko‘pchilik buni feyk xabar, deb hisoblagan. Lekin kuni kecha Singapurning IMDA regulyatorida M1903C3GG raqami ostida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ko‘rib turganingizdek, qurilmaning ishlab chiqaruvchisi sifatida Xiaomi, model nomi tarzida esa – Redmi Go ko‘rsatilgan. Demak, hamyonbopdan ham arzon smartfonning yaqin orada taqdim etilishiga shubha qolmadi!

O‘QING: 999 000 so‘mgacha narxli smartfonlarni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 18 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Insayderlar sharofati bilan ushbu smartfonning ayrim texnik xususiyatlari ham ma’lum bo‘lgan. Ularga ko‘ra, Xiaomi Redmi Go arzon model bo‘lsa-da, yupqa romli 5,9 dyuymlik displeyga ega. Bu gadjet 1 yoki 2 gigabaytlik tezkor xotira hamda yakka modulli kamera bilan ta’minlanadi.

Modomiki yangi smartfon «taroshlangan» operatsion tizimda ishlar ekan, uning protsessori ham unchalik kuchli bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, Xiaomi Redmi Go narxi ham 100 AQSh dollari atrofida bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

Xiaomi Redmi Go kelasi yil bahorning boshlarida taqdim etilishi kutilmoqda, «Xitoycha Apple»ning hozirgacha jahon bozoriga chiqargan ayrim smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.