Xiaomi hatto Apple’ni ham dog‘da qoldirdi: 3D-skanerli ilk planshetning «jonli» rasmlari, xususiyatlari va narxlari!

  •   DiMaX
  •  1791
  •  22.06.2018 15:59

Xiaomi hatto Apple’ni ham dog‘da qoldirdi: 3D-skanerli ilk planshetning «jonli» rasmlari, xususiyatlari va narxlari!

Keyingi yillarda planshetlar sanoati smartfonlar kabi jadal rivojlanayotgani yo‘q, ammo ishlab chiqaruvchilar ularni imkon qadar betakror qilib chiqarishga urinishmoqda. Jumladan, kupertinolik texnogigant navbatdagi iPad Proda yangicha texnologiyani ilk bor joriy etmoqchi.

O‘QING: «Kemtik»li ekranga va Face ID tizimiga ega «iPad X» chiqishini iOS 12 «sotib qo‘ydi»!

Ammo foydalanuvchi qiyofasini uch o‘lchamli tarzda tanish orqali blokirovkadan chiquvchi birinchi planshetni Apple’dan avval xitoyliklar taqdim etadigan ko‘rinadi. Xiaomi korporatsiyasi o‘zining Mi Pad 4 plansheti uchun chiqargan rasmiy reklama posteri shunga ishora qilayotir:

Aytish kerakki, xitoylik korporatsiyaning mazkur modeli 25 iyun kuni – innovatsion, ammo hamyonbop yangi smartfon bilan birga taqdim qilinadi.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi tez kunlarda yana ikkita mobil qurilmasini namoyish etadi!

Ko‘rinib turibdiki, mazkur kompaniya Mi Pad 4 planshetida yaqinda taqdim etilgan smartfoni – Mi 8 flagmanidagi 3D Face texnologiyasini qo‘llamoqchi. Xiaomi’ning da’vo qilishicha, uning ishlanmasi kupertinoliklarning TrueDepth tizimidan ko‘ra tezroq ishlaydi, uningdek aniq va xavfsiz bo‘ladi.

Shuningdek, allaqachon Mi Pad 4 planshetining «jonli» rasmlari ham internetda tarqalgan. Mana, masalan, quyidagi suratda planshetning barmoq izi skaneri yo‘qligi ham uning 3D Face to‘laqonli yuz skaneriga ega bo‘lishini tasdiqlaydi:

Mi Pad 4 planshetining boshqa xususiyatlariga kelsak, u Qualcomm Snapdragon 660 protsessori bazasida ishlaydi. Uning asosiy kamerasi 13, selfi-kamerasi esa 5 megapikselli sensorga ega. Planshetning quvvat manbai esa 6000 mA/soatlik akkumulyator bo‘lishi aytilgan. Uning qora va tillarang tusli korpuslarda taqdim etilishi kutilayotir.

Xiaomi’ning yangi plansheti xotirasiga ko‘ra ikki xil konfiguratsiyada hamda shunga yarasha narxlarda taqdim etiladi. Uning 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotirali talqiniga 1499 yuan (taxminan 230 AQSh dollari) miqdorida narx belgilanadi. 6/128 gigabaytlik xotiralarga ega bo‘lgan Mi Pad 4 uchun esa 1999 yuan (taxminan 308 dollar) to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Xiaomi Mi Pad 4 hech bir planshetda bo‘lmagan xususiyat bilan chiqariladi