Xiaomi HD displey, “kuchli akkumulyatorli” Redmi 3s’ni $100 dollarga baholadi

Xiaomi HD displey, “kuchli akkumulyatorli” Redmi 3s’ni $100 dollarga baholadi

Meizu kompaniyasi M3S’ni, Huawei Honor 5A’ni namoyish qilganidan so‘ng kun o‘tmasdan Xiaomi ham raqiblaridan qolishmagan tarzda $100 dollarlik “Redmi 3s”ni namoyish qildi. Uning korpusi magniy qotishmali metalldan tayyorlangan.

Xiaomi Redmi 3s mobil aloqa vositasi 5 dyuymli HD displey (1280 × 720 piksel sig‘imli), 1,4 GGs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 430 protsessori, Adreno 505 grafik-tasvir protsessori bilan ta’minlangan.

Gadjetning ikki talqini ishlab chiqarilgan: 2 GB tezkor va 16 GB doimiy ichki xotiraga ega va 3 GB tezkor, 32 GB doimiy xotiraga ega versiyalari. microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida xotira sig‘imini 128 GBgacha oshirish mumkin.

Telefon Android Lollipop operatsion tizimining moslashtirilgan MIUI 7 talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Gadjetning 13 megapikselli kamerasi  f/2.0 diafragmali, fazali avtofokus texnologiyasi va Full HD video yozish ko‘nikmasiga ega. 5 megapikselli selfi kamera esa f/2.2 diafragmali.

Xiaomi Redmi 3s’ning muhim jihatlari qatoriga xavfsizlik tizimining ishonchli ta’minotchisi hisoblangan barmoq izlari skanerini kiritish mumkin. Raqiblaridan ustun yana bir muhim jihati shuki, “aqlli telefon” 4100 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan.

2 SIM-kartali Redmi 3s smartfonida Wi-Fi, Bluetooth, GPS va GLONASS simsiz aloqa texnologiyalari tatbiq etilgan.

Smartfon o‘lchamlari: 139,3 x 69,6 x 8,5 mm, og‘irligi 144 gramm.

Xiaomi Redmi 3s to‘q kulrang, kumush rang, tillarang talqinli korpuslarda ishlab chiqarilmoqda.

4G LTE aloqa texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilma 16 iyundan Xitoy bozoriga 106 AQSh dollaridan (2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira talqini) hamda 136 dollardan (3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira talqini) sotuvga chiqarildi.