Xiaomi ilk bora Mi 8 Youth’ni rasmiy videoroliklarda ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  811
  •  15.09.2018 10:24

Xiaomi ilk bora Mi 8 Youth’ni rasmiy videoroliklarda ko‘rsatdi!

Xitoylik sermahsul smartfonsozning Mi 8 Youth modeli haqida ancha-muncha ma’lumotlar tarqalib ulgurgan. Uning taqdimot sanasi ham ma’lum, bir nechta suratlarini ham namoyish etganmiz.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 8 Youth’ni ham allaqachon sotib olish mumkin!

Endi esa Xiaomi Mi 8 Youth smartfoni ilk bora rasmiy videolarda namoyon bo‘ldi. Aniqrog‘i – uning hozircha faqat orqa panelini ko‘rsatishmoqda. Korpusning orqa qopqog‘i gradiyent – tovlanuvchi tusli bo‘lib, moviy va pushti ranglarda tovlanadi.

Ikkinchi videolavha esa aslida ikkita tizerning bir-birga ulangan variantidir. E’tibor bersangiz, uning 14-soniyasida bitta lavha tugaydi – uning yakunida, xuddi yuqoridagi ilk videodagi singari, smartfonning taqdimot sanasi e’lon qilingan. Davomidan ulangan ikkinchi rolik ham qiziqarli – unda qurilma korpusining turli tuslarda jilvalanishiga boshqa syujet orqali ishora qilishgan:

Xullasi kalom, yoshlarbop Xiaomi Mi 8 Youth modeli 19 sentyabrda rasman taqdim etiladi. Uning savdoga chiqarilish sanasi noma’lum, ammo «xitoycha Apple»ning aksariyat smartfonlarini, hatto yaqinda taqdim etilgan «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmanini ham ushbu do‘konimizdan rasmiy kafolati bilan onlayn xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!