Xiaomi kompaniyasi Redmi brendidagi mahsulotdan bir millionta sotdi

Xiaomi kompaniyasi Redmi brendidagi mahsulotdan bir millionta sotdi

O‘tgan yilning fevral oyida Xiaomi kompaniyasi Redmi brendidagi ikkita 10,000 mAs hamda 20,000 mAs hajmdagi tashqi akkumulyatorlarni taqdim etgan edi. Endi esa kompaniya ushbu ikki turdagi tashqi akkumulyatorlardan bir millionta sotganini e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi endi Apple'ni ham ortda qoldirib, Samsung'ga raxna solmoqda

Yevropada 10,000 mAs sig‘imli modelning narxi hozirda 10 yevroni tashkil qiladi. Ushbu kichik hajmli akkumulyator 10 vattda qurilmalarni zaryadlasa, katta hajmdagisi 18 vattda zaryad beradi. Ikkala modelda ham USB-C hamda microUSB portlari mavjud.

Bir millionta sotilgan tashqi akkumulyatorlarning barchasi Redmi brendiga tegishli. O‘tgan yili Xiaomi Hindistonda ishlab chiqariladigan Mi brendidagi tashqi akkumulyatorlardan o‘n millionta sotganini e’lon qilgan edi.

2015 yilda 10,400 mAs sig‘imli Mi tashqi akkumulyatori dunyo bo‘ylab o‘n millionta sotilib, eng ko‘p sotilgan aksessuar deb e’lon qilingan edi.

O‘QING: Xiaomi Black Shark 4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!