Xiaomi kutilmaganda antiqa gadjet taqdim qildi

Xiaomi kutilmaganda antiqa gadjet taqdim qildi

Xiaomi kompaniyasi yangi foydali bir qurilma taqdim qildi. Qurilmani finjon ostiga qo‘ysangiz kofeni isitib beradi. Bu hali hammasi emas: devays 10 vattlik simsiz quvvatlagich vazifasini ham bajaradi.

Qurilma kofe haroratini +55°C darajada ushlab turadi. Isitish uchun finjonni qurilma, ya’ni taglik ustiga qo‘yish kerak. Bunday simsiz isitish qurilmasi an’anaviy simli vositalardan farq qiladi. U mutlaqo xavfsiz va kerakli haroratni barqaror ushlab tura oladi. To‘rt soatlik nofaollikdan keyin isitish avtomatik tarzda o‘chiriladi.

Finjonning o‘zi oddiy keramikadan qilingan - chidamli va ishonchli. Aytilishicha, uni suvda bemalol yuvish va tozalash mumkin.

Taglik nafaqat kofeni isitishi, balki Xiaomi, Huawei, Samsung va Apple kabi kompaniyalar smartfonlarini bemalol simsiz zaryadlashi ham mumkin.

Ushbu foydali isitish va zaryadlash qurilmasi 26 dollarga baholanmoqda.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Samsung Xiaomi'dan "o‘g‘irlasa" qanday bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.