Xiaomi Mi 8: yangi «jonli» suratlarda ko‘p jihatlar oshkor bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1134
  •  28.05.2018 10:24

Xiaomi Mi 8: yangi «jonli» suratlarda ko‘p jihatlar oshkor bo‘ldi!

Xitoylik korporatsiya o‘zining sakkiz yilligiga bag‘ishlangan Xiaomi Mi 8 flagman smartfonini taqdim etishiga sanoqli kunlar qoldi. Bu orada insayderlar u haqda tobora aniq ma’lumotlar tarqatishmoqda.

O‘QING: Shaffof korpusli Xiaomi Mi 8’ni «jonli» va rasmiy video hamda suratlarda ko‘ramiz!

Kuni kecha – 27 may kuni mazkur smartfon qadog‘ining yangi «jonli» rasmlari internetga chiqdi. Uning qutisi o‘ta sodda dizaynda bo‘lib, minimalistik ko‘rinishga ega. Quti qora kartondan ishlangan, uning yuza qismida – qopqog‘i ustida hatto telefonning tasviri ham yo‘q, faqat 8 raqami tushirilgan.

Qadoqning orqa tomoni esa bizga Xiaomi Mi 8 haqida ko‘proq ma’lumot beradi. Bu yerda ushbu modelning asosiy texnik xususiyatlari hamda uning jamlanmasiga kiruvchi aksessuarlar haqidagi ma’lumotlar tushirilgan.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi kompaniyasi 3D Face skaneriga ega Mi 8 flagmanining taqdimot kunini ma’lum qildi

Qadoqdagi ma’lumotga ko‘ra, Xiaomi Mi 8 flagmani 2,8 GGs takt chastotasida ishlovsi sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessoriga ega. Mazkur chipset jamlanmasida Adreno 630 grafik protsessori hamda X20 LTE mobil modemi mavjud. Smartfonning tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 6 va 64 gigabayt hajmga ega. Uning qo‘sh ob’yektivli asosiy kamerasi 20 megapikselli suratlar ola biladi. Shuningdek, bu kamera «sun’iy ong» – AI texnologiyasi bilan boyitilgan. Korpusida zamonaviy USB Type-C portiga ega Mi 8 devaysi Dual GPS texnologiyasiga ham ega.

Xiaomi Mi 8 jamlanmasida, qadog‘ida yozilishicha, USB Type-C portiga 3.5 millimetrlik quloqchinni ulovchi perexodnik ham kiradi. Shunga qaraganda, bu flagmanda an’anaviy quloqchin tirqishi bo‘lmasligi aniq.

Mazkur smartfonning narxlari allaqachon do‘konlarga chiqarilgani haqida ham yozganmiz. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

O‘QING: Ish holatidagi Xiaomi Mi 8 «jonli» videoda: barmoq izi skaneri ekranda ekan!