Xiaomi Mi 9 Lite rasman taqdim etildi – kutilganidan arzon, lekin...

  •   DiMaX
  •  4864
  •  17.09.2019 09:22

Xiaomi Mi 9 Lite rasman taqdim etildi – kutilganidan arzon, lekin...

«Xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi SS9 smartfonini iyulning boshida namoyish qilgan, uni allaqachon Terashop.uz’dan sotib olish ham mumkin. Uning global talqini esa, kutilganidek, Xiaomi Mi 9 Lite modeli sifatida kecha taqdim etildi.

O‘QING: Xiaomi rasman Mi 9 Lite taqdimotiga taklif etyapti, lekin u kutilganidan ancha qimmat!

Lekin hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 9 Lite o‘zining xitoycha versiyasidan kameraning ikkinchi datchigida farq qilishi kerak edi. Biroq kechagi tadbirda aniq bo‘ldiki, u o‘sha Xiaomi CC9 modelidan umuman farq qilmas ekan – proshivkasi global ekanini aytmasa, albatta. Lekin insayder uning narxida ham adashgan ekan...

Shunday qilib, Xiaomi Mi 9 Lite bosh kamerasi 48+8+2 megapiksellik, old kamerasi esa 32 megapiksellik sensorlarga ega. Diagonaliga 6,39 dyuymlik AMOLED-ekranning tasvir aniqligi 1080x2340 piksellik, daktiloskopik datchik ham unga integratsiya qilingan.

Smartfonning apparat qismi asosida Snapdragon 710 platformasi yotadi, unga 6 gigabaytlik tezkor xotira hamrohlik qiladi. Qurilma xaridorlarga doimiy xotirasi 64 hamda 128 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi.

O‘QING: Shoshilganlar uchun: Sakkizta modeldagi Xiaomi smartfonlariga allaqachon Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Xiaomi Mi 9 Lite akkumulyatorining tok sig‘imi 4030 mA/soatga teng bo‘lib, 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Shuningdek, smartfon kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bilan ham jihozlanganini ta’kidlash o‘rinli. Uni MIUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android 9 Pie operatsion tizimi bilan taqdim etishdi.

Mazkur modelning savdosi uning taqdimot joyi – Ispaniyada boshlanadi, keyin esa boshqa Yevropa mamlakatlari bozoriga ham chiqariladi. Uning narxi ham kutilganidan (ya’ni, Sudhanshu Ambhore aytgan 365 dollardan) ancha arzon ekan. Xiaomi Mi 9 Lite oq, ko‘k va kul rang korpuslarda taklif etiladi, ichki xotirasi 64 gigabaytligi 319 yevro, 128 gigabaytlik varianti esa 349 yevrodan sotiladi.

O‘zbekistonda esa kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi yangi 5G-flagmanlari namoyishiga taklif etyapti: unda yana nimalarni ko‘ramiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!