Xiaomi Mi A2 Lite sertifikatsiyadan o‘tdi

  •   Saroy
  •  1893
  •  04.06.2018 14:36

Xiaomi Mi A2 Lite sertifikatsiyadan o‘tdi

Yaqinda TENAA kompaniyasining ekrani qirqmali  Xiaomi smartfoni haqida ma’lum qilganini yozgandik. Endi esa yangi qurilma Singapurdagi sertifikatsiyadan o‘tkazish byurosi – IMDA’da  (AQShning FCC yoki Tayvandagi NCC’ga o‘xshash) paydo bo‘ldi.

Devays Xiaomi’ning boshqa  modellari raqamlariga o‘xshash raqamga ega (faqat oxirgi harf boshqacha), ya’ni  M1805D1SC, M1805D1SE i M1805D1ST. IMDA’ning ta’kidlashicha, bu Mi A2 Lite bo‘ladi. Demak, yangi apparat  Android One dasturi doirasida chiqadi. 

O‘QING: Yangilaridan yaxshi 2 eski smartfon modeli

Apparatga 5.84-dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, u  Full HD+ formatda va takt chastotasi 2.0 GGs bo‘lgan sakkizyadroli protsessorga ega.  Bu xuddi Xiaomi Mi A1’dagidek Snapdragon 625 bo‘lishi mumkin. Shuningdek,qurilma 12 Mp + 5 megapikselga ega qo‘sh kameraga ega bo‘ladi, batareya esa,  3900 mAch, 2/3/4 GB OZU, 16/32/64 GB PZU hamda  Android 8.1 Oreo.

Afsuski apparat endi sertifikatsiyadan o‘tdi, ya’ni uning faqat texnik imkoniyatlari ma’lum qilindi, xolos. Narx borasida va taqdimot sanasi haqida hali aytishmayapti.

O‘QING: Yilning yurtimizdagi eng arzon yaxshi smartfonlari (2018 yil, iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!