Xiaomi Mi A3 haqida nimalar ma’lum?

Xiaomi Mi A3 haqida nimalar ma’lum?

Xiaomi kompaniyasi Android One doirasida yaratilajak smartfon ustida ishlamoqda. Ushbu dasturiy ta’minot MIUI va boshqa qobiqlardan holi bo‘lgan toza androiddan farq qiladi.

Biroz avval model raqami M1906F9SH bo‘lgan qurilma haqidagi ma’lumotlar AQSh ning aloqa bo‘yicha federal komissiyasi bazasida paydo bo‘lgan. Manbaalarning ta’kidlashicha, smartfon Xiaomi Mi A3 nomi bilan global bozorga chiqadi. O‘z vaqtida Xiaomi Mi A2 hamda Xiaomi Mi A2 Lite sifat va funksional bo‘lgan hamyonbop smartfonlarni afzal ko‘ruvchi foydalanuvchilarni xursand qila olgandi.

O‘QING: Xiaomi Mi A3 ham yangi Snapdragon 730 chipiga ega – u Galaxy A80 bilan bellashadi!

Xiaomi Mi A3 на чистом Android замечен в Сети

Hujjatda orqa panelning chizmalari bo‘lib, Xiaomi Mi 9 va Xiaomi CC9 modellaridagi kabi uchtalik kamera vertikal blokda joylashadi. Asosiy datchikning suratga olish aniqligi 48 Mpga teng bo‘ladi.

Shuningdek, unda Android One logotipi tushirilgan bo‘lib, asosiy kameraga sun’iy intellekt yordam berishi haqida ma’lumot mavjud.  

Orqa panelda barmoq izi skaneri uchun joy ajratilmaganligidan anglash mumkinki, daktiloskop ekran ostiga joylashadi. Katta ehtimol bilan Xiaomi CC9 modelining global talqini bo‘lib chiqadi.

O‘QING: Xiaomi CC9 selfifoni global bozorga Mi A3 bo‘lib chiqishi mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!