Xiaomi Mi Max 3 Pro haqidagi rasmiy xabar millionlab kishilarning hafsalasini pir qildi

  •   DiMaX
  •  2046
  •  26.07.2018 15:18

Xiaomi Mi Max 3 Pro haqidagi rasmiy xabar millionlab kishilarning hafsalasini pir qildi

O‘tgan hafta Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi Max 3 smartpedini taqdim qilgan, ammo marosimda uning «Pro» versiyasi haqida gap ham bo‘lmagan edi. Lekin shu paytgacha «kuchaytirilgan» Mi Max 3 Pro modeli xususida shu qadar ko‘p gap-so‘zlar tarqalganki...

O‘QING: "Mobil kinoteatr" -- Mi Max 3 taqdim qilindi!

Xususan, Mi Max 3 Pro fabletining sertifikatsiyadan o‘tganligi,  oddiy versiyasiga qaraganda kuchliroq texnik ta’minotga ega ekanligi haqida ham xabar berganmiz.

Xullasi kalom, Xiaomi bu kabi mish-mishlarga chek qo‘yish payti kelganligini angladi va masalaga rasmiy xabar orqali aniqlik kiritdi. To‘g‘rirog‘i, korporatsiyaning mahsulotlar marketingi bo‘yicha direktori Chji Chjiyuan bu xabarni o‘zining Weibo akkaunti orqali ma’lum qildi.

Direktorning yozishicha, kompaniya Mi Max 3 Pro modelini umuman chiqarmoqchi emas. Uning so‘zlariga qaraganda, Xiaomi o‘z kuchini bekorga sarflab o‘tirmasdan, qurilmaning oddiy versiyasiga asosiy e’tiborini qaratadi.

Shunday qilib, shu paytgacha millionlar uchun orzu bo‘lib kelayotgan Mi Max 3 smartfoni armonga aylanib ulgurdi. Agarda siz ham uni kutayotgan bo‘lsangiz, bekorga ovora bo‘lib o‘tirmasdan, «xitoycha Apple»ning boshqa flagmanlariga e’tibor qaratavering. Axir, Xiaomi kompaniyasining bozorga chiqarilgan aksariyat modellari O‘zbekistonda ham sotilmoqda.

O‘QING: Yurtimizda sotilayotgan Mi 8 xarid qilish uchun besh sabab

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!