Xiaomi Mi Mix 2S’ning rasmiy suratlari u haqdagi yolg‘onlarni fosh etdi

  •   DiMaX
  •  2039
  •  20.03.2018 15:50

Xiaomi Mi Mix 2S’ning rasmiy suratlari u haqdagi yolg‘onlarni fosh etdi

Xiaomi kompaniyasi rasmiy taqdimot marosimiga bir haftacha vaqt qolganida Mi Mix 2S smartfonining suratlarini oshkor etdi. Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bu qurilmaning reklama uchun tayyorlangan rasmlari tarqalib ketdi.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi ilk bor Mi MIX 2S’ni rasman ko‘rsatdi!

Afsuski, uzoq kutilgan bu smartfon «xitoycha Apple» muxlislarining hafsalasini pir qildi. Zero, shu paytgacha Mi Mix 2S modeliga nisbat berib kelinayotgan ko‘plab xususiyatlar unda yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ldi-qoldi.

Keling, shu paytgacha Mi Mix 2S haqida tarqalgan ma’lumotlarning qaysilari yolg‘on bo‘lib chiqqaniga birma-bir nazar solamiz.

  1. Yangi devays eski dizaynda ekan – uning tashqi qiyofasi o‘tgan yili taqdim etilgan Xiaomi Mi Mix 2 modelidan umuman farq qilmaydi. Esingizda bo‘lsa, uning ekrani iPhone X kabi «o‘yiq»li bo‘lishini aytishgan, keyinchalik bu xabarning feyk ekani aniqlangan edi.

O‘QING: Bizni aldashibdi: iPhone X uslubidagi Xiaomi Mi Mix 2s suratlari feyk bo‘lib chiqdi!

  1. Ushbu devaysning old paneli faqatgina ekrandan iborat bo‘lishi, displey romi umuman bo‘lmasligi aytilgan edi. Lekin rasmiy suratlarida smartfon ekranining pastida kattagina rom ko‘rinib turibdi.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi Mi MIX 2S ilk «jonli» suratda: mutlaqo romsiz displeyda barmoq izi skaneri!

  1. Mi Mix 2S ekranining yuqori burchagida «kemtik» bo‘lishi va u yerga old kamera joylashtirilishi xabar qilingan edi. Ammo rasmiy suratida ekran butun ekani ayon bo‘lgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: Xiaomi Mi Mix 2S old kamerasi ekran burchagidagi «kemtik»da ekan!

Xiaomi o‘zi ko‘rsatgan rasmga ko‘ra, yangi flagmanining selfi-kamerasi ekran ostidagi katta romning burchagida bo‘ladi.

  1. Yangi texnologiyalardan biri – ekranning o‘ziga barmoq izi skaneri joriy etilishini Xiaomi Mi Mix 2S modelida ko‘pchilik kutgan edi. Biroq bu boradagi xabarlar ham yolg‘on bo‘lib chiqdi – smartfonning orqa panelida barmoq izi skaneri mavjud.

O‘QING: Xiaomi tayyorlayotgan – skanerli displeyga ega, 256 GB xotirali smartfonni tomosha qilamiz!

  1. Xiaomi nihoyat Mi Mix 2S flagmaniga ikkita modulli asosiy kamera o‘rnatishi haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Hatto ushbu kamera «sun’iy ong» tizimiga ega bo‘lib, modullari bir-biridan alohida ham ishlay olishini aytishgandi. Bu ham sarobga aylandi – yuqoridagi suratda uning orqa panelida bittagina ob’yektivli kamera ko‘rinib turibdi.

O‘QING: Xiaomi: «sun’iy ong»li Mi MIX 2S kamerasining modullari bir-biridan mustaqil ishlaydi!

Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Xiaomi Mi Mix 2S smartfonida tatbiq etilgan asosiy yangiliklar – ilg‘or Snapdragon 845 protsessori hamda kamerasidagi yangicha datchigi bo‘lyapti, xolos.

Hattoki mana bu lavhada ko‘rsatilgan qurilma ham Mi Mix 2S emas, boshqa smartfon bo‘lib chiqyapti:

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2S’ning ilk «jonli» videosini ko‘ramiz!

Xullasi kalom, hozirgacha Xiaomi Mi Mix 2S smartfoniga nisbat berib kelingan va endi yolg‘onligi fosh bo‘lgan jihatlar shulardan iborat. Bu model haqida yana boshqa tafsilotlar ma’lum bo‘lib qolsa, xabar beramiz – bizdan uzoqlashmang.

Shuningdek, Xiaomi’ning savdoga chiqarilgan ko‘plab smartfonlari va boshqa mahsulotlari O‘zbekistonda ham sotilayotganini eslatib o‘tamiz.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslarining narxlari (2018 yil 19 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.