Xiaomi Mi Mix 3 flagmanining eng qimmat versiyasi sotuvga chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  1924
  •  01.12.2018 14:04

Xiaomi Mi Mix 3 flagmanining eng qimmat versiyasi sotuvga chiqyapti!

Xiaomi kompaniyasi joriy yilning 25 oktyabrida o‘zining ilk slayder telefoni – Mi Mix 3 flagmanini rasman namoyish qilgandi. Ko‘plab texnologiya yutuqlarini o‘zida jamlagan bu devays nisbatan arzon baholangani uchun ham savdosi zo‘r bo‘lyapti.

O‘QING: Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi

Mazkur smartfonning eng qimmat versiyasi – Xiaomi Mi Mix 3 Forbidden City Edition ham dekabr oyida bazorga chiqariladi. Bu haqda «xitoycha Apple» o‘zi xabar bergan, ammo sanasini aniq aytmagan.

Ushbu maxsus versiya Pekindagi «Taqiqlangan shahar» muzey majmuasi sharafiga shunday nomlangan va ayni shu majmua jamoasi bilan hamkorlikda tayyorlangan. Bu flagmanning orqa paneliga Xiezhi (xitoy va koreys xalqlari mifologiyasidagi afsonaviy mavjudot) tasviri tilla suvida tushirilgan. Xiaomi Mi Mix 3 Forbidden City Edition jamlanmasi ham o‘ziga xos: maxsus qadoqda smartfon va odatiy unsurlardan tashqari, tilla suvi yugurtirilgan Xiezhi haykalchasi ham bor.

Xiaomi Mi Mix 3 Forbidden City Edition versiyasining standart flagmandan farqi nafaqat dizaynida, balki ilk bor 10 gigabaytlik tezkor xotira qo‘llanganida hamdir. Qurilmaning doimiy xotirasi hajmi esa 256 gigabaytga teng bo‘lib, 720 AQSh dollariga narxlangan.

«Xitoycha Apple»ning boshqa bir qator smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.